O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Kamolot
Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
KARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Iyul 2017    »
DuSeChPaJuShYa
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31 
O'zDJTI » Yangiliklar » 2014-yil Sog'lom bola yili deb e'lon qilindi!

2014-yil Sog'lom bola yili deb e'lon qilindi!


Sana: 7-12-2013, 09:08       Ko'rishlar soni: 4298

O'zbekiston xalqaro anjumanlar saroyi

"O'zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida 6-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 21-yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san'at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari so'zga chiqib, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, inson huquq va manfaatlarini ta'minlash, Vatanimiz taraqqiyoti va turmushimiz farovonligini yuksaltirishning huquqiy kafolati bo'lib kelayotganini ta'kidladi.

Konstitutsiyamiz normalarining hayotga tatbiq etilishi jamiyatimizda qaror topgan tinchlik va hamjihatlikda, hayotimizga yangicha mazmun bag'ishlayotgan islohotlar samarasida, odamlarimizning o'zgarib borayotgan ongu-tafakkurida, har bir oila, har bir inson hayotida o'z ifodasini topmoqda.

Ushbu tarixiy sanani bayram qilar ekanmiz, milliy davlatchiligimiz asoslarining mustahkamlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning izchil rivojlanishi, aholi turmush darajasining yuksalishi, mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi o'rni va nufuzi ortishi - bularning barchasida Asosiy qonunimizning ahamiyati yuksak ekanligini yanada teran anglaymiz.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayramining yana bir muhim jihati, shu kuni xalqimizning ezgu intilishlarini ifoda etadigan, jamiyatimiz rivojiga xizmat qiladigan eng ustuvor yo'nalishlar belgilab olinadi va kelgusi yilga shunga muvofiq nom beriladi.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2013-yil Obod turmush yili deb e'lon qilingan edi.

"Obod turmush yili" Davlat dasturi asosida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan me'yoriy-huquqiy baza takomillashtirildi.

Xalqimizning hayot sifati va darajasini yuksaltirish, maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash, yangi uy-joylar va infratuzilma ob'ektlarini qurish, mahallalarni obod etish, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini yanada yuksaltirish, orzu-intilishlarini qo'llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishga alohida e'tibor qaratildi.

Vatanimizni har tomonlama obod qilish, xalqimiz yanada tinch va farovon yashaydigan hayot barpo etish yo'lidagi bunday ishlar izchil davom etmoqda.

Ushbu yig'ilishda Prezidentimiz Islom Karimov kirib kelayotgan yangi 2014-yilni mamlakatimizda "Sog'lom bola yili" deb e'lon qilishni taklif etdi. Davlatimiz rahbarining bu taklifi yig'ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo'llab-quvvatlandi.

Tantanali marosim san'at ustalari va yosh ijrochilarning bayram konserti bilan yakunlandi.

Eslatib o'tamiz, yil yakunlari bo'yicha kelgusi yilga muayyan sohadagi ustuvor yo'nalishlarni belgilab olish va kelgusi yilga shunga muvofiq nom berish ananasi 1997-yildan boshlangan.

2013-yil — Obod turmush yili
2012-yil — Mustahkam oila yili
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2010-yil — Barkamol avlod yili
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2008-yil — Yoshlar yili
2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
2005-yil — Sihat-salomatlik yili
2004-yil — Mehr-muruvvat yili
2003-yil — Obod mahalla yili
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
2001-yil — Onalar va bolalar yili
2000-yil — Sog'lom avlod yili
1999-yil — Ayollar yili
1998-yil — Oila yili
1997-yil — Inson manfaatlari yili




Ishonch telefoni
+99871 268-93-61
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar