O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
Sport kitoblari
ARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Aprel 2018    »
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 
fansport marketing library erasmus galereya sportkitob exujjat moodle fakultet diplom
O'zDJTI » Yangiliklar » S.V.Nichipurenko xotirasiga bag’ishlangan yengil atletika bo`yicha ochiq turnir

S.V.Nichipurenko xotirasiga bag’ishlangan yengil atletika bo`yicha ochiq turnir


Sana: 8-01-2018, 06:47       Ko'rishlar soni: 277

14-YANVAR “VATAN HIMOYACHILARI KUNI” MUNOSABATI BILAN O`ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTINING FAXRIY TALABASI S.V.NICHIPURENKO XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN YENGIL ATLETIKA BO`YICHA OCHIQ TURNIR

NIZOMI

1. Maqsad va vazifalari.

- yoshlar qalbiga jasurlik, mardlik, ona-yurtga sadoqat, insoniy fazilatlarni singdirish;

- yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini keng ko`lamda targ’ib qilish;

- yoshlarni mehnat va vatan mudoofasiga tayyorlash va ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish;

- terrorchilarga qarshi kurashda halok bo`lgan mard va jasur Vatan himoyachilarini hotirlash.

2. Musobaqaning o`tkazish joyi va vaqti.

Musobaqa 2018 yilning 13 yanvar kuni soat 900 da Chirchiq shahridagi O’zDJTI yengil atletika yopiq binosida o`tkaziladi.

3. Musobaqani o`tkazishga rahbarlikni O`zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti, “SKIF” sport klubi, Yengil atletika, og’ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, O`zbekiston Yengil atletika Federatsiyasi hamda yengil atletika bo`yicha ROSMM hamkorligida o`tkaziladi.

4. Musobaqada ishtirok etuvchi va qatnashuvchi jamoalar.

Musobaqada Oliy o`quv yurtlari talaba yoshlari, BO`SM, Yengil atletika va sport o’yinlariga ixtisoslashgan BO`SM tarbiyalanuvchilari, Olimpiya zahiralari kolleji o`quvchi yoshlari, muassasa va tashkilotlar hodimlari shaxsiy birinchilikda qatnashadilar.

5. Musobaqada ishtirok etish talabnomalarini topshirish shartlari.

Musobaqada ishtirok etish uchun jamoalar rahbariyati musobaqa mandat hay’atiga O`zDJTI Yengil atletika, og’ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga belgilangan tartibda jamoa rahbariyati hamda shifokor tomonidan tasdiqlab berilgan “Talabnoma” hamda sportchining shaxsiy varaqasini taqdim etishi, shaxsiy birinchilikda ishtirok etuvchilar o`ziga tegishli hujjat, shaxsiy varaqasida shifokor ruxsati bilan mandat hay’atiga topshirishi shart.

6. Musobaqa dasturi.

Erkaklar: 60 m., 200 m., 800 m., 3000 m, 60 m. g’ovlar osha yugurish (h=106.7), uzunlikka sakrash, balandlikka sakrash va yadro itqitish;

Ayollar: 60 m., 200 m., 800 m., 3000 m, 60 m. g’ovlar osha yugurish (h=84), uzunlikka sakrash, balandlikka sakrash va yadro itqitish.

Musobaqa dasturi 1 ilovada.

7. G’oliblarni aniqlash.

Har bir ishtirokchi musobaqa dasturdagi turlarning ikkitasida ishtirok etishi mumkin.

Musobaqa faqat shaxsiy birinchilik bo`yicha eng yuqori natijalariga ko`ra I, II, III o`rinlar bilan aniqlanadi.

8. Musobaqa g’oliblarini mukofotlash.

Musobaqa dasturining har bir turida I o`rinni egallagan sportchilar qimmatbaho sovg’a va medal 1 darajali diplom bilan taqdirlanadilar. Turlarda II va III o`rinni egallagan sportchilar II va III darajali diplomlar va medallar bilan taqdirlanadilar.

9. Musobaqa ishtirokchilari va jamoalarni qabul qilish.

Musobaqalarni tashkil etish va o`tkazish O`zDJTI Yengil atletika, og’ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o`qituvchilari zimmasiga yuklatiladi. Jamoa vakillari, murabbiylar va sportchilarning kelib ketishi harajatlari o`z hisobidan amalga oshiriladi.

 

Izoh: Musobaqa ishtirokchilarining ko`krak raqamlari bo`lishi shart.

 


1 ilova

MUSOBAQA DASTURI

13-yanvar 2018 yil

O’zDJTI yengil atletika maneji

 

Ayollar

Erkaklar

10:30 – 60 m. g’/o yugurish, final

10:40 – 60m. g’/o yugurish, final

10:50 – 60 m yugurish dastlabki bosqich

11:10 – 60 m yugurish dastlabki bosqich

11:30 – 800 m masofaga final yugurishi

11:45 – 800 m masofaga final yugurishi

12:00 – MUSOBAQANI TA’NTANALI OCHILISHI

12:30 – 60 m masofaga final yugurishi

12:40 – 60 m masofaga final yugurishi

12:50 – 3000m masofaga final yugurishi

13:10 – 3000m masofaga final yugurishi

13:35 – 200m masofaga final yugurishi

13:50 – 200m masofaga final yugurishi

Sakrash

11:00 – uzunlikka sakrash

13:00 – uzunlikka sakrash

14:00 – balandlikka sakrash

15:00 – balandlikka sakrash

Itqitish

11:00 – yadro itqitish

12:20 – yadro itqitish

 

16:00 da g’olib va sovrindorlarni taqdirlash

16:30 da musobaqani yopilishi

 

Mandat hay’ati: O’zDJTIning “Yengil atletika, og’ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasida 2018 yilning 11 yanvar kuni soat 9:00 – 16:00 gacha talabnomalar qabul qilinadi. Mandat hay’ati jamoa rahbarlari bilan 16:00 da yig’ilish o’tkaziladi.

Manzil: Chirchiq shahri Sportchilar ko’chasi 19 uy, O’zDJTIning “Yengil atletika, og’ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi

Tel: + 99890 995 37 06, +99894 403 36 00, +99890 910 25 80 

 

 

 

 

Musobaqa bosh hakami

Oliy toifali hakam:                                                                  N.T.To’xtaboyev 




Ishonch telefoni
+99870 717-17-76
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
E-Xujjat
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar