O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
KARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Yanvar 2018    »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 
O'zDJTI » Yangiliklar » O'zbek kurashining xalqaro maydondagi yana bir e'tirofi

O'zbek kurashining xalqaro maydondagi yana bir e'tirofi


Sana: 30-06-2013, 16:49       Ko'rishlar soni: 1381

Joriy yilning 29-iyun – 6-iyul kunlari Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tadigan yopiq inshootlarda va jangovar yakkakurashlar bo‘yicha IV Osiyo o‘yinlarida sportchilar o‘zbek kurashi bo‘yicha ham bellashadi.

Osiyo Olimpiya kengashi shafeligida tashkil etilayotgan mazkur nufuzli musobaqada qit’amizning qirq besh mamlakatidan 2400 sportchi 12 sport turi bo‘yicha bahs olib boradi.

2005-yili asos solingan Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari va 2009-yili ilk marotaba o‘tkazilgan jangovar yakkakurashlar bo‘yicha Osiyo o‘yinlari qit’amizdagi davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi birdamlik va tinchlikni mustahkamlash, hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro hurmat va ehtirom tuyg‘usini kuchaytirish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga xizmat qiladigan nufuzli sport anjumaniga aylandi.

Istiqlol yillarida O‘zbekiston dunyoga sporti jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida tanildi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillikning ilk yillaridan barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim vositasi sifatida sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasida yurtimizda iste’dod va salohiyat bobida hech kimdan kam bo‘lmagan, rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan bemalol bellashishga qodir sportchilar avlodi voyaga yetmoqda.

O‘zbekiston sportchilari yopiq inshootlarda va jangovar yakkakurashlar bo‘yicha Osiyo o‘yinlarida muntazam ravishda kuchlilar qatoridan joy olib kelmoqda.

2005-yili Tailandning Bangkok shahri mezbonlik qilgan I Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz 6 oltin, 7 kumush va 9 bronza medal jamg‘ardi. 2007-yili Xitoyning Makao shahrida bo‘lib o‘tgan II yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarining muaytay, futzal va kompyuter o‘yinlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda qatnashgan hamyurtlarimiz ikkitadan oltin, kumush va bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Ikki yildan so‘ng Tailand poytaxti Bangkok shahrida ilk marotaba tashkil etilgan jangovar yakkakurashlar bo‘yicha I Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi to‘rt oltin, besh kumush va o‘n ikki bronza medalga sazovor bo‘ldi. Vetnamning Xanoy va Xoshimin shaharlarida bo‘lib o‘tgan III yopiq inshootlardagi qit’a o‘yinlarida besh oltin, to‘qqiz kumush va o‘n bronza medal jamg‘ardi.

Bu ikki nufuzli musobaqa yana bir jihati bilan o‘zbek sporti tarixida muhim ahamiyatga ega. Mazkur o‘yinlar dasturlariga xalqimizning milliy qadriyatlaridan biri – kurash ham kiritilgan. Ilgari alohida o‘tkaziladigan bu sport musobaqalari joriy yildan birga tashkil etilayotgani natijasida uning dasturidan faqat dunyo miqyosida jadal rivojlanayotgan o‘n ikki sport turi joy oldi. Bu ro‘yxatga o‘zbek kurashining ham kiritilgani O‘zbekiston sporti yutuqlarining xalqaro maydondagi yana bir e’tirofidir.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, 6-iyulga qadar davom etadigan mazkur yirik sport anjumanida 52 nafar sportchimiz kurash, shaxmat, futzal, zamonaviy kompyuter o‘yinlari, kikboksing va muaytay bo‘yicha ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida jahon hamda Osiyo chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan yetakchi sportchilarimiz bilan birga yosh iqtidor egalari ham bor.




Ishonch telefoni
+99870 717-17-76
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
E-Xujjat
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar