O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
KARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Yanvar 2018    »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 
O'zDJTI » Yangiliklar » Baquvvat bilaklar bahsi

Baquvvat bilaklar bahsi


Sana: 30-06-2013, 16:49       Ko'rishlar soni: 1413

Toshkent viloyatining Qibray tumanida armrestling bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar, kattalar, xotin-qizlar, faxriylar va imkoniyati cheklanganlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi.

Osiyo armrestling federatsiyasi (AAF), O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Armrestling federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan chempionatda yurtimiz sportchilari bilan birga Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Pokiston, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi o‘ndan ziyod davlatdan 350 nafarga yaqin sportchi kuch sinashdi.

O‘zbekistonda uchinchi bor o‘tkazilgan mazkur nufuzli musobaqa ham yuqori saviyada tashkil etilgani xorijlik mutaxassislar, murabbiylar va sportchilar tomonidan keng e’tirof qilindi.

Bahslarda mamlakatimiz sportchilari munosib ishtirok etdi. Jumladan, yoshlar o‘rtasida Islom Bahromov va Ilya Saidov ikkitadan, Adham Tojiyev va Abdunazar Olimqulov bittadan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘smirlar o‘rtasida Muhammadamin Ne’matullayev, Aleksandr Mushoryapov shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, kattalar bahsida Sherzod To‘lqinov, Maqsud Doliyev o‘ng va chap qo‘lda raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioni bo‘ldi. Shuningdek, Sherzod Rahmonov va Bobur Bekchonov ham oltin medal bilan taqdirlandi.

Faxriylar musobaqasida hamyurtlarimizdan Sultonbek Ne’matullayev va Pavel Dokuchayev o‘z yosh va vazn toifasida tengsiz ekanini isbotladi. Xotin-qizlar o‘rtasida Sitora Xo‘jamova va Nargiza Azimova ikkitadan, Dildora O‘rinova, Shahribonu Bo‘stonova bittadan oltin medalga sazovor bo‘ldi.




Ishonch telefoni
+99870 717-17-76
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
E-Xujjat
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar