O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
KARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Fevral 2018    »
DuSeChPaJuShYa
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728 

This is an example of a HTML caption with a link.

Aleksandr Mochinov O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi


Sana: 28-11-2014, 14:25       Ko'rishlar soni: 829

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Futbol fakulteti 1-bosqich talabasi Aleksandr Mochinov O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Saralash bosqichlarida O'zbekiston o'smirlari terma jamoasi Falastin o'smirlariga qarshi maydonga chiqib yirik 9-0 hisobida g'alaba qozondi. Keyingi uchrashuvni hamyurtlarimiz Yaman o'smirlariga qarshi maydonga yirik 4-0 hisobida g'alaba qozonib 100% li natija bilan final boskichiga yo'llanma oldi. 



O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 2015 yilda o'tkaziladigan "Jaxon chempionati"ga yo'llanmani qo'lga kiritishdi


Sana: 28-11-2014, 14:23       Ko'rishlar soni: 1694

Myanma shahrida o'tkazilgan Osiyo Chempionatida murabbiy Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasini 2015 yilda o'tkaziladigan "Jaxon chempionati"ga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.



Sportda yuqori sport natijalariga erishish yo'llari


Sana: 26-11-2014, 16:48       Ko'rishlar soni: 620

Respublika Olimpiya zahiralari kollejida O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining milliy va xalqaro kurash turlari nazariyasi kafedrasi mudiri Tastanov Nurjan Abdikulovichning jamoa o'qituvchi-murabbiylari bilan uchrashdi. Kollej o'qituvchi-murabbiylariga uslubiy yordam sifatida "Sportda yuqori sport natijalariga erishish asoslari" mavzusida ma'ruza o'qidi va ularni qiziqtirgan har xil savollarga javob berdi.



Yuksak ma'naviyat orqali yuksak taraqqiyot sari


Sana: 26-11-2014, 10:29       Ko'rishlar soni: 729

Ma'naviy qadriyatlar, milliy urf-odat va an'analarimiz shakllanadigan tarbiya o'chog'i bo'lmish oilaning jamiyatdagi o'rni va mavqeini mustahkamlash, uning yuksak ma'naviyatli, mas'uliyatli komil inson tarbiyalashdagi rolini kuchaytirishga ko'maklashish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.



Xotin-qizlarimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirishda sportning o'rni


Sana: 20-11-2014, 16:52       Ko'rishlar soni: 1399

Hozirgi kundagi talabalarimizda, yoshlarimizda, jamiyatimizning barcha azolarida sportni o'rni rivojlantirish manaviyati asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Bu yo'nalishni O'zbekistondagi sport turlarinig rivojlanishiga ko'chirganda, har bir sport turidan xotin–qizlardan ham etuk sportchilar va mutaxassislar etishib chiqishi uchun manaviy muhitning yaratilishi muhim axamiyatga ega bo'lib, bu yo'nalishni olib boruvchi mutasadi mansabdorlarning faoliyatini rivojlantirish kerak bo'ladi. O'zbekistonda hozirgi kunda xotin-qizlar sportining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar berilayotganligini hisobga olib, bu yo'nalishning manaviyatini ham shakllantirish kerak bo'ladi.



Yilning eng yaxshi darsligi va o'quv adabiyoti muallifi – 2014


Sana: 18-11-2014, 18:38       Ko'rishlar soni: 2596

O'zDJTIning milliy va xalqaro kurash turlari nazariuasi va uslubiyati kafedrasining katta o’qituvchisi, sportning belbog’li kurash bo’yicha sport ustasi Mirzakulov Shavkatjon Axmadjonovichning ko'p yillik tajriba va mehnati asosida tayyorlangan "Belbog'li kurash nazariyasi va uslubiyati" nomli o’quv qo'llanmasi "Yilning eng yaxshi darsligi va o’quv adabiyoti muallifi – 2014" Respublika tanlovida 3-o'rinni egalladi.



Bayroq millat g'ururi


Sana: 18-11-2014, 17:38       Ko'rishlar soni: 727

Bugun O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida, O'zbekiston Respublikasi bayrog'ini qabul qilinganligining 23-yilligiga bag'ishlab katta bayram o'tkazildi. Erta tongdan institut radio uzelidan bayramga bag'ishlangan tabrik va Vatanni madh etuvchi kuy va qo'shiqlar yangradi. Respublika ma'naviyat va targ'ibot markazi bilan hamkorlikda "Bayroq millat g'ururi" deb nomlangan bayram tadbiri barcha fakultetlarda o'tkazildi.



Anjuman axborot xati


Sana: 14-11-2014, 16:57       Ko'rishlar soni: 836

Sizga, shuni ma'lum qilamizki, 2014 yil 19 dekabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti va O'zbekiston Olimpiya Akademiyasi bilan hamkorlikda "Olimpiya ta'limi – sog'lom avlodni tarbiyalashning muhim omili sifatida" mavzuida ilmiy-amaliy anjumani o'tkaziladi. Anjumanda ishtirok etish uchun yuqoridagi muammoga qiziqqan, oliy ta'lim tizimida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borayotgan barcha professor-o'qituvchilar, murabbiylar, mutaxassislar va talabalar taklif etiladi.



Mustaqil izlanuvchilikka qabul


Sana: 8-11-2014, 07:33       Ko'rishlar soni: 976

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti 13.00.04 – "Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi" ixtisosligi bo'yicha 2015 yilga mustaqil izlanuvchilikka qabul E'LON qiladi.



Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar uchun e'lon


Sana: 7-11-2014, 11:30       Ko'rishlar soni: 841

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti 13.00.04 - "Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi" ixtisosligi bo'yicha 2015 yilga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutida davlat byudjeti mablag'lari hisobiga ta'lim olish uchun tanlov E'LON qiladi.





Ishonch telefoni
+99870 717-17-76
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
E-Xujjat
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar