O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Kamolot
Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
KARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Noyabr 2017    »
DuSeChPaJuShYa
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 
O'zDJTI » Ma'lumotlar » Yengil atletika, og'ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi

Yengil atletika, og'ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


Sana: 7-11-2013, 12:38       Ko'rishlar soni: 5719

Kafedra mudiri - Olimov Muxsinbek Sotivoldievich. 2.09.2013 yildan Engil atletika, og'ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri. Pedagogika fanlar nomzodi.

Tel.: 286-12-63.

E-mail: yengil-atletika@uzdjti.uz

E-mail: ogir-atletika@uzdjti.uz
Engil atletika, og'ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi 1955 yilda O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti Yakkakurash fakulteti qoshida tashkil topgan. Engil atletika kafedrasiga 1955 yilda Moskva va Leningrad shaharlaridagi jismoniy tarbiya instituti bitiruvchilarini taklif etilgan. Ulardan L.A.Malxina, V.I.Afanasev, N.Nikulenkov, V.I.Barshev, A.A.Vink va L.A.Lebedyanskayalar kafedraning birinchi o'qituvchilaridan hisoblanishgan. Engil atletika kafedrasining birinchi mudiri O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy Nikolay Nikolaevich Bkov bo'lgan. U kafedrani 1955-1956 yillarda va 1962-1966 yillar oralig'ida boshqarib kelgan. Keyinchalik kafedrada juda ko'plab yosh olimlar faoliyat olib borishdi. Hozirgi kunda kafedramizda 34 nafar professor o'qituvchilar jamoasi faoliyat olib bormoqda.

Kafedra aloqalari
O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining Ko'pkurash fakulteti Engil atletika, og'ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi O'zbekiston Engil atletika Federatsiyasi, O'zbekiston Og'ir atletika Federatsiyasi, O'zbekiston Velosport Federatsiyasi va O'zbekiston Pauerlifting Federatsiyalari bilan hamkorlikda mashg'ulot jarayonlarini to'g'ri tashkil qilish, mashg'ulot va musobaqalarni tahlil etish hamda ilmiy jihatdan mashg'ulot jarayonlarini tashkil etish maqsadida hamkorlikni yo'lga qo'ygan.

Kafedraning xalqaro aloqalari
O'zDJTI Ko'pkurash fakulteti Engil atletika, og'ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi P.F.Lesgaft nomidagi Milliy Davlat jismoniy tarbiya Universiteti, Ukraina Davlat jismoniy tarbiya Universiteti bilan jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy izlanishlarni yo'lga qo'yish va kadrlarni malakalarini oshirish hamda ilmiy seminar anjumanlarini tashkil etishda hamkorlik qilib kelinmoqda.

Kafedra yutuqlari
Engil atletika, og'ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi 1955 yilda dastlabki ish faoliyatini boshlagan. O'zDJTIning Yakkakurash fakulteti qoshida Engil atletika va og'ir atletika fanlaridan umumiy bosqich va mutaxassislik guruhlariga “Engil atletika”, “Og'ir atletika” nazariyasi fanlaridan dars yuklamalari qo'yilgan. Ushbu davrda engil atletika, og'ir atletika bo'yicha o'quv materiallari qisqa vaqt davomida ishlab chiqilgan. 1956 yilda ilmiy sohada ham bir qancha yutuqlarga erishildi. O'zbekistonda birinchi engil atletika sport turidan L.A.Lebedyanskaya Pedagogika fanlar nomzodi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Keyinchalik ko'pchilik olimlar institutimizning engil atletika, og'ir atletika mutaxassisligidan etishib chiqdilar. Ulardan b.f.n., professor E.R.Andris, p.f.n., professor K.T.Shakirjanovalar, dotsentlardan p.f.n., dotsent R.Qudratov, p.f.n., dotsent X.T.Rafiev, G.G.Arzumanov, N.Baykina, Yuriy Jarkov, Valeriy Nervniy, Aleksey Kalinchenko, Lyudmila Smirnova, Xusan Umarov, Anatoliy Zub, Ekaterina Xodjaeva, Elena Nazarenko, Viktor Turaev, Irina Bagdanova, Vladimir Mitreykin, Abdurashid Djalilov, Lyubov Kanakova, Lola Usmonova, Alisher Yunusov, Sh.Orazov, M.S.Olimov, N.T.To'xtaboevlar engil atletika bo'yicha nomzodlik ishlarini himoya etishdi. Ushbu davrlarda og'ir atletika va velosport nazariyasi xodimlari ham ushbu fanni rivojlantirishda juda katta yutuqlarga erishdi, ulardan: V.S.Avanesov, D.F.Kimlar O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy unvonlarini qo'lga kiritgan. Ilmiy sohada b.f.n., dotsent E.L.Kulkov, p.f.n., professor R.M.Matkarimov, p.f.n., dotsentlar E.I.Qodirov, K.F.Bayazitov, velosport bo'yicha Elena Nikolaevna Chernikovalar etishib chiqdi.
Engil atletika bo'yicha 1971 yilda N.G.Ozolinning “Engil atletika” darsligi X.T.Rafiev tomonidan imkon boricha o'zbek tiliga o'girildi va nashrdan chiqarildi. Keyinchalik Engil atletika fanidan darslik yaratishga R.Qudratov, K.T.Shakirjanova, A.V.Taranova, V.A.Kolobov, L.V.Smurgina, M.S.Olimov, N.T.To'xtaboev, I.D.G'aniboev, I.R.Solievlar muallif R.Qudratov tahririyati ostida “Engil atletika” o'quv qo'llanmasini 2010 yilda nashrga tayyorlagan. Kafedramizning p.f.n., professori K.T.Shakirjanova hozirgi kunda yuzdan ortiq o'quv-uslubiy qo'llanmalar muallifidir.
Og'ir atletika bo'yicha R.M.Matkarimov tomonidan “Og'ir atletika” darsligi nashrdan chiqarilgan. Bundan tashqari E.L.Kulkov tomonidan o'quv-uslubiy qo'llanmalar, E.I.Qodirov va K.F.Bayazitov tomonidan “Yosh og'ir atletikachilarni tayyorlash” uslubiyati bo'yicha o'quv-uslubiy qo'llanmani hamda “Sport pedagogik mahoratini oshirish” o'quv qo'llanmalari nashrdan chiqarilgan.
Bundan tashqari O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'nggi yillarda Respublikamizda malakali sportchilarni tayyorlab o'zbek sportini rivojlanishiga katta hissa qo'shmoqdalar. Ulardan: Xalqaro toifadagi sport ustalari Pavel Andreev, Liliya Dusmetova, Sergey Voynov, Marina Shmonina, Sergey Usov, Oksana Yargina, Svetlana Munkova, Oleg Veretelnikov, Lyubov Perepelova, Elena Kvyatkovskaya, Guzal Xubbieva, Anastasiya Juravlyova, Igor Xalilov, Ruslan Alpanov, Ulug'bek Alimov, Vladimir To'ychiev, R.Dronin kabi etuk sportchilar tarbiya topdi.

Kafedra faxriylari
Engil atletika, og'ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi 1955 yildan faoliyatini boshlagan. Kafedramiz faxriylaridan G.G.Arzumanov, V.A.Kolobov, A.V.Taranova, K.T.Shakirjanova, T.R.Rasulova, N.I.Tsvetkov, E.L.Kulkov, D.F.Kimlar Engil atletika, og'ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasida yosh o'qituvchilarga hamda yosh avlodni tarbiyalashda har doim shogirdlarga ustozlik qilib kelmoqdalar. Ayniqsa, G.G.Arzumanov, K.T.Shakirjanova, E.L.Kulkov, D.F.Kim kabi etuk ustozlarni nafaqat O'zbekistonda, hatto Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham etuk mutaxassis sifatida tan olishadi.

Kafedra professor-o'qituvchilari tarkibi
Engil atletika, og'ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasida hozirgi kunda 34 nafar professor-o'qituvchilar faoliyat olib borishmoqda.
1. Olimov Muxsinbek Sotivoldievich. Kafedra mudiri. Pedagogika fanlar nomzodi. 1970 y. 3 martda tug'ilgan.
2. Shakirjanova Klara Tashkenbaevna. Pedagogika fanlar nomzodi, professor. 1951 y. 5 mayda tug'ilgan.
3. Matkarimov Rashid Masharipovich. Pedagogika fanlar nomzodi, professor. 1971 y.da tug'ilgan.
4. Kulkov Evgeniy Lavrentevich. Biologiya fanlar nomzodi, dotsent. 1938 y.da tug'ilgan.
5. Kim Danil Fyodorovich. Dotsent. 1954 y.da tug'ilgan.
6. Smurgina Larisa Vladimirovna. Pedagogika fanlar nomzodi, dotsent. 1963 y. 11 oktyabrda tug'ilgan.
7. Qodirov Erkin Ibragimovich. Pedagogika fanlar nomzodi, dotsent. 1965 y.da tug'ilgan.
8. To'xtaboev Nizomjon Tursunalievich. Pedagogika fanlar nomzodi, dotsent v.b. 1980 y.da tug'ilgan.
9. Bayazitov Kamil Faridovich. Pedagogika fanlar nomzodi, dotsent v.b. 1978 y.da tug'ilgan.
10. Chernikova Elena Nikolaevna. Pedagogika fanlar nomzodi, katta o'qituvchi. 1983 y.da tug'ilgan.
Qolganlardan 10 nafar katta o'qituvchilar hamda 14 nafari o'qituvchilardan iboratdir.

Talabalar hayotidan
Bugungi kunda 420 nafar talaba Engil atletika, og'ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasida ta'lim olib kelmoqda. Iqtidorli talabalardan IV bosqich talabalaridan Abdullaeva Gulasal, Sobirova Nafisa, III bosqichdan Molodtsova Lyudmila, Melnikov Roman, Xakimova Nodira, II bosqichdan Dadamirzaeva Noila, Oqqo'zieva Iroda, Karimboev Jaxongir, I bosqichdan Yusupov Ibroxim, Omonov Azizlar bugungi kunda o'zlarini a'lo baholari hamda namunali xulqi bilan barchaga o'rnak bo'lib kelmoqda.




Ishonch telefoni
+99870 717-17-76
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
E-Xujjat
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar