O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
Sport kitoblari
ARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Aprel 2018    »
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 
fansport marketing library erasmus galereya sportkitob exujjat moodle
O'zDJTI » Ma'lumotlar » Sport o'yinlari fakulteti

Sport o'yinlari fakulteti


Sana: 8-11-2013, 13:28       Ko'rishlar soni: 12129

Fakultet dekani: Rahimov Vladimir Shavkatovich

E-mail: sof-dekan@uzdjti.uz

Fakultet 1955 yilda tashkil etildi. U avval "Pedagogika" fakulteti deb nomlandi, 1997 yildan esa "Sport o'yinlari" fakulteti deb atala boshladi.
Turli yillarda fakultetga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener V.X.Shnurov, dotsentlar: V.G.Sharov, L.L.Kurishkina, A.K.Pleshakov, professor E.K.Shaternikov, tibbiyot fanlari doktori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi O.A.Rixsieva, professor A.N.Livitskiy, professor T.T.Yunusov, dotsent Sh.T.Iseev, biologiya fanlari doktori, professor N.O.Raxmatov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent O.A.Qurbonov, iqtisod fanlari nomzodi E.A.Maxmudov, pedagogika fanlari nomzodi Sh.U.Abidov, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent A.I.Rixsiev,  O.E. Xayitov kabi yuqori malakali mutaxassislar, institutning etakchi pedagoglari boshchilik qildilar.
2017 yildan fakultet dekani vazifasini V.Sh.Rahimov bajarmoqda.

Karimov Ulug'bek Rahimovich fakultet ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha dekan muovini


Fakultetda jami 3 ta, jumladan, 2 ta mutaxasislik va 1 ta umumnazariy kafedra faoliyat olib bormoqda. Kafedralar pedagoglarni hamda basketbol, voleybol, qo'l to'pi, tennis bo'yicha trenerlarni tayyorlaydi. 50 yil davomida fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan sportning 19 turi bo'yicha 7 mingdan ziyod mutaxassis etishtirib berilgan.
Fakultetning sobiq bitiruvchilari – fan doktorlari, professorlar: J.A.Akramov, L.R.Ayrapetyants, A.K.Otaev, I.A.Koshbaxtiev, A.N.Livitskiy, R.Prozorenko, H.T.Rafiev, E.A.Seytxalilov, Sh.X.Xonkeldiev, T.T.Yunusov, H.Q.Yo'ldoshev – jismoniy tarbiya va sport sohasining etuk mutaxassislari sanaladilar.
Fakultetni tugatganlar jismoniy tarbiya harakatining turli tizimlarida pedagog trener, tashkilotchi, menejer bo'lib mehnat qilmoqdalar, terma jamoalar, sport turlari bo'yicha federatsiyalarni boshqarmoqdalar, milliy va xalqaro toifadagi sport hakami, respublika va xalqaro sport tashkilotlarida turli rahbarlik lavozimlari egasidirlar.
Fakultet mutaxassislari muntazam ravishda o'z pedagogik va kasbiy mahoratlarini oshiradilar, respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish amaliyotiga joriy qilinayotgan ko'pgina ilmiy yo'nalishlarning tashabbuskorlari, shuningdek, mamlakatda va chet ellarda o'tkazilayotgan ommaviy sport-sog'lomlashtiruvchi tadbirlarning tashkilotchilari hisoblanadilar.
Fakultet talabalari yirik bellashuvlarda ishtirok etadilar, turli xalqaro turnirlar g'olibi yoki sovrindori unvoniga sazovor bo'ladilar, o'quv amaliyoti davrida ta'tilga chiqqan o'quvchilarning dam olishini uyushtirishga, turli miqyosdagi musobaqalarni tashkil etish va o'tkazishga yordam beradilar.




Ishonch telefoni
+99870 717-17-76
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
E-Xujjat
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar