Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashda o'zaro foydali hamkorlikni mustahkamlash, ta'lim va jismoniy mashg'ulotlarni tashkil etishning dolzarb muammolariga bag'ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish maqsadida institut bo'limlari va quyidagi chet el ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan:
- P.F.Lesgaft nomli Sankt-Peterburg davlat jismoniy madaniyat universiteti (Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg shahri)
- Sankt-Peterburg jismoniy madaniyat ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg shahri)
- Moskva davlat jismoniy madaniyat akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahri)
- Umumrossiya jismoniy madaniyat va sport ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahri)
- Dankuk universiteti (Koreya Respublikasi, Chanon shahri)
- Ukraina jismoniy tarbiya va sport milliy universiteti (Ukraina Respublikasi, Kiev shahri)
- Ukraina jismoniy tarbiya va sport milliy universitetining ilmiy-tadqiqot instituti (Ukraina Respublikasi, Kiev shahri)
- Qozoqiston sport va turizm akademiyasi (Qozoqiston Respublikasi, Olma-ota shahri)
- Povolj jismoniy madaniyat va sport akademiyasi (Tatariston Respublikasi, Kazan shahri)
- Belorus davlat jismoniy madaniyat universiteti (Belorus Respublikasi, Minsk shahri)
- M.K.Ammosov nomidagi Shimoliy-sharqiy federal universitet (Saxa-Yakutiya Respublikasi, Yakutsk shahri)
- Abay nomidagi Qozoqiston Milliy pedagogika universiteti (Qozoqiston Respublikasi, Olma-ota shahri)
- Qirg'iz-O'zbek universiteti (Qirg'iziston Respublikasi, O'sh shahri)
- A.Yassaviy nomidagi Toroz MKTU instituti (Qozoqiston Respublikasi, Toroz shahri)
- Suma davlat universiteti (Ukraina Respublikasi, Suma shahri)
- Xovon Universiteti (Janubiy Koreya, Xovon shahri)
- Sibir davlat jismoniy madaniyat va sport universiteti (Rossiya Federatsiyasi, Omsk shahri)
- Pekin jismoniy tarbiya va sport universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi, Pekin shahri)
Yo'lga qo'yilgan hamkorlik shartnomalari asosida institutning 50 dan ziyod professor-o'qituvchilari va magistrantlari jismoniy tarbiya institutlarining professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan malaka oshirish kursi dasturlari negizida Ukrainaning Milliy jismoniy tarbiya va sport universitetida va P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg davlat jimoniy madaniyat, sport va salomatlik universitetlarida malaka oshirdilar va sertifikat bilan taqdirlandilar. Bir qator o'qituvchilar, magistrantlar va talabalar chet el mamlakatlarida o'tkazilgan ilmiy va sport tadbirlarida ishtirok etdilar.
Talablarning malaka oshirishi eng muhim ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda oxirgi yillarda Taekvondo mutaxassisligidagi iqtidorli talabalardan bir qanchasi tanlovdan muvaffaqqiyatli o'tib, Dankuk Universitetiga (Janubiy Koreya) malaka oshirishga yuborildi.
Bugungi kunda Dankuk universiteti (Janubiy Koreya) loyihasi asosidagi hamkorolik shartnomasiga muvofiq taekvondo mutaxassisligi talabalariga professor Vaek Mung Jung ta'lim berib kelmoqda
Institutda hamkorlik shartnomalari doirasida institutning professor-o'qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari, mustaqil izlanuvchilari, magistrantlari, talabalari va jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassilar uchun bir qator chet el ta'lim muassasalarining professorlari (D.Rudman, AQSh; X.Tunnemann, Germaniya; M.Bulatova, Ukraina; V.Platonov, Ukraina) “master-klass” dasturlari asosida ma'ruza qildilar.
Hozirda institutda Rossiiya, Ukraina, Qozoqiston va Turkmaniston davlatlarining fuqarolari tahsil olmoqda.
Telefon: (99871) 2861799
E-mail: xalqaro@uzdjti.uz