O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
Sport kitoblari
ARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Avgust 2018    »
DuSeChPaJuShYa
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
fansport marketing library erasmus galereya sportkitob exujjat moodle fakultet diplom talaba teacher
O'zDJTI » Ma'lumotlar » O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti haqida umumiy ma'lumot

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti haqida umumiy ma'lumot


Sana: 29-10-2013, 21:51       Ko'rishlar soni: 18547       Chop etish

Institut bugungacha 28 mingga yaqin oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorladi. balki xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarini ham mutaxassislar bilan ta'minlaydi. Institutning aksariyat bitiruvchilari – o'qituvchilar, murabbiylar, tashkilotchilar, yo'riqchi va uslubchilar sog'lom turmush tarzini shakllantirish hamda barkamol avlodni tarbiyalash ishlarida faol mehnat qilmoqdalar.

Istiqlolga erishgan ilk kunlardan boshlab turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari institutning funktsional faoliyatini yuqori sifat va samara sari taraqqiy etish yo'llarini belgilab berdi.

Institutimiz professor-o'qituvchilari, xodim va murabbiylari bir butun jamoa sifatida yuksak maqsad – milliy istiqlol g'oyasini hayotga joriy etish mohiyati va zaruriyatini anglagan holda shu jarayonni harakatga keltiruvchi manba bo'lmish ma'nan hamda jismonan shakllangan yosh avlodni tarbiyalash borasida o'rnak ko'rsatmoqdalar.

Institut mamlakatimizda soha bo'yicha yagona ilmiy maskan sifatida barcha oily o`quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakultetlari uchun mo'ljallangan ta'lim dasturlari, darslik, o'quv qo'llanmalari va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishga ko'mak berib, shu orqali kadrlar tayyorlash sifatini shakllantirish imkoniyatlarini yaratib bermoqda.

Institutda ta'lim-tarbiya jarayoni yuqori malakali professor-o'qituvchilar zimmasiga yuklatilgan bo'lib, ushbu jarayon ilg'or texnologiyalar, masofaviy ta'lim va internet tarmoqlariga ulangan kompyuter vositalari asosida olib boriladi. Agar institut tashkil topgan yillari kafedralarda 27 nafar o'qituvchi faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, ulardan faqat 4 tasi ilmiy daraja va unvonga ega bo'lgan. Hozirgi kunda esa institut 5 ta fakultet, 18 ta kafedradan iborat bo'lib, ularda 328 nafar o'qituvchi, shu jumladan 18 ta fan doktori va professorlar, 92 ta dotsent va fan nomzodlari, 12 ta O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener faoliyat yuritadi.

Institutning talaba yoshlari institut, tuman, shahar va Respublika miqyosida o'tkaziladigan siyosiy-ijtimoiy, madaniy-ma'naviy, siyosiy hamda obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Talabalarimizning aksariyat qismi sport ustalari, xalqaro toifadagi sport ustalari, xizmat ko'rsatgan sport ustalari unvonlariga sazovor bo'lishgan. Ular mamlakatimiz terma jamoalari a'zolari tarkibiga Olimpiada, jahon va Osiyo musobaqalarida yaxshi qatnashmoqda.

Ayni kunlarda institut va uning o'quv binolari, xonalari, sport inshootlari borgan sari zamonaviylashib Moddiy-texnik bazasi mustaxkamlanmoqda.




2018 yil
Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili
Ishonch telefoni
+99870 717-17-76
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
E-Xujjat
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar
So'rov
Institut saytiga baho bering
Juda zo'r
Yaxshi
Yomon emas