O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Kamolot
Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
KARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Sentabr 2017    »
DuSeChPaJuShYa
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
O'zDJTI » Ma'lumotlar » Kadrlar bo'limi

Kadrlar bo'limi


Sana: 29-10-2013, 21:10       Ko'rishlar soni: 3149

Bo'lim boshlig'i: Sobirova Gulchehra Rashidovna

E-mail: xodim@uzdjti.uz

 

UzDJTI kadrlar bo‘limi institutning tarkibiy bo‘limi hisoblanadi. Kadrlar bo’limi institut ustaviga asoslanib ish yuritadi, o‘z amaliy faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, institut buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini, Prezident Farmoyishlarni, Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish haqidagi qarorlarni amalda qo‘llangan  holda institut rahbariyati bilan birgalikda kerakli mutaxassislikka va malakaga ega bo‘lgan, ish saviyasi, uslubi talabga javob bera oladigan professor-o‘qituvchilar va xodimlar bilan ta’minlashni tashkil etadi.

Xodimlar bo‘limining vazifalari:

  • Professor-o‘qituvchi xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, lavozimini o‘zgartirish, konkursdan, attestatsiyadan o‘tish muddatlarini aniqlab, belgilashni nazorat etish;
  • Professor-o‘qituvchi xodimlar va talabalar, ish, o‘qish intizomini, institut ichki tartib qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini  buzmasliklarini nazorat qilish, shu jumladan, ularni rag‘batlantirish, moddiy yordam ko‘rsatish, intizomiy jazo qo‘llash to‘g‘risida taklif kiritish;
  • Institut shtat jadvalini moliya-reja bo‘limi bilan birgalikda muvofiqlashtirish;
  • Kadrlar masalasi bo‘yicha boshqa yuqori tashkilotlar bilan aloqa qilish;
  • Bakalavriatura, magistratura bitiruvchilarini institutda ishlashga jalb etish maqsadida muloqotda bo‘lish;
  • Professor-o‘qituvchi, ishchi-xodimlar, talabalar shaxsiy ish jildini, kartochkalarini belgilangan tartibda olib borishni nazorat etish;
  • Professor-o‘qituvchi, ishchi-xodimlarga shaxsiy guvohnomalar, ma’lumotnomalar berish, o‘z vaqtida guvohnoma muddatini uzaytirilishini nazoratga olish;
  • Bitiruvchi talabalarga diplom blankalarni va ilovalarni o‘z vaqtida to‘g‘ri to‘ldirilishini nazorat etish;
  • Mehnat daftarchasi yuritish va ularni hisobini to‘g‘ri olib borish;
  • Xarbiy xizmatga majbur bo‘lganlar, chaqiruv yoshdagi o‘smirlarning hisobini olib borish;
  • Nafaqa yoshiga yetgan professor-o‘qituvchi va xodimlarning taqdimnoma va xujjatlarini to‘g‘ri tayyorlash va turar joylari bo‘yicha pensiya tayyorlash, ijtimoiy-ta’minot bo‘limlariga topshirilishini nazorat qilish;
  • Institutdagi barcha toifali o‘qituvchi va xodimlarning belgilangan shaklda statistik hisobini olib borish;
  • Har oyda tuman aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoyalash bo‘limiga kvotali joylar xaqida va ishchilar tarkibi xaqida ma’lumot berish;
  • Mehnat shartnomasini yozma ravishda  2 nusxada tuzishni nazorat qilish;
  • Xorijga safarbarlik  va mehnat ta’tili berish bo‘yicha buyruqlarni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.



Ishonch telefoni
+99871 268-93-61
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar