O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Kamolot
Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
KARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Noyabr 2017    »
DuSeChPaJuShYa
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 
O'zDJTI » Ma'lumotlar » Ichki nazorat va monitoring bo'limi

Ichki nazorat va monitoring bo'limi


Sana: 29-10-2013, 20:44       Ko'rishlar soni: 3391

Bo'lim boshlig'i: Rasulov Zokir Pardaevich
Telefon: (8 371) 286-18-74

E-mail: monitoring@uzdjti.uz

 

Ichki nazorat va monitoring bo’limining asosiy vazifalari 

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini, o’quv-ta’lim jarayonida Uzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy xujjatlari va uslubiy ko’rsatmalarining ijro etilishini o’z vaqtida nazorat va tahlil qilish va istiqboli rejalarni ishlab chiqish. Fakultetlar, kafedralar va boshqa bo’limlarning o’quv, o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari, buyruq va modemnomalari, universitet ichki buyruqlari va Ilmiy kengash qarorlari bajarilishini nazorat qiladi va ta’lim sohasidagi me’yoriy xujjatlarning bajarilishini nazoratini va monitoringini olib borilishini tashkil qiladi. Institut ta’lim sohasida ilg’or tajribalarini o’rganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga tavsiyalar beradi. Professor-o’qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarini va mezonlarini ishlab chiqadi hamda tatbiq etilishini bo’lim xodimlari hamda vaqtinchalik tuzilgan ishchi gurux bilan birgalikda amalga oshiradi. Nazorat natijalari hamda ko’rsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo’yicha aniq takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etadi. 

Institutda ta’lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari bo’yicha amaliy va uslubiy yordam ko’rsatadi. Institutda ta’limning holati va rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi. Talabalar bilimini reyting tizimi asosida xolis va adolatli baxolanishini nazorat qiladi. Zarur xollarda yakuniy nazoratdan keyin fanlar bo’yicha ekspertlar bilan birgalikda qo’shimcha sinovlar o’tkazadi. Institutda ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy xujjatlarga amal qilinishini tekshiradi. Kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida kurs loyihasi ishlarini, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat attestatsiyalarining o’tkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni nazorat qiladi.




Ishonch telefoni
+99870 717-17-76
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
E-Xujjat
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar