O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
KARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Yanvar 2018    »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 
O'zDJTI » Ma'lumotlar » Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish

Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish


Sana: 25-08-2016, 17:01       Ko'rishlar soni: 566

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi ta`lim muassasalarida Elektron ta`limni joriy etish markazi bilan hamkorlikda navbatdagi yangi- “Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborish” xizmati joriy etildi.

Oliy o`quv yurtlariga kirish uchun topshirilgan hujjatlar to`plamini imtihon natijalari e`lon qilingandan so`ng qaytarib olish zaruriyati tug`ilganda, abituriyentlar Yagona portal orqali to`g`ridan-to`g`ri ariza yuborishlari mumkin. Joriy etilgan yangi xizmat viloyatlarda, oliy o`quv yurtidan olisda istiqomat qiluvchi abituriyentlar uchun hujjatlar to`plamini qaytarib olishda qulay imkoniyat yaratadi. Xizmat natijasiga ko`ra, abituriyentga buyurtma pochta orqali hujjatlar to`plami qaytariladi. Arizachi yashash manziliga yaqin bo`lgan pochta bo`limlariga tashrif buyurib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etgan holda hujjatlarni olishi mumkin.

Mazkur xizmatni ko`rsatishda abituriyent hujjatlari to`plamini tayyorlash, qayta ishlash va yetkazib berish uchun eng kam oylik ish haqining 15% miqdorida to`lov amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.

Abituriyentlarning hujjatlar to'plamini qaytarib olish uchun elektron to'lov - Oplata.uz
Xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga tashrif buyurish kerak - https://my.gov.uz.




Ishonch telefoni
+99870 717-17-76
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
E-Xujjat
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar