O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Kamolot
Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
KARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Sentabr 2017    »
DuSeChPaJuShYa
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
O'zDJTI » Ma'lumotlar » O'zbek va chet tillari kafedrasi

O'zbek va chet tillari kafedrasi


Sana: 24-09-2013, 08:03       Ko'rishlar soni: 4041

Norboyeva Feruza Raxmatullayevna

Sport o‘yinlari fakulteti  o‘zbek va chet tillari kafedrasi mudiri.

e-mail: chet-tili@uzdjti.uz

tel: 268-93-59

 

Kafedra tarixi

 

Chet tillari kafedrasi 1958 yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti trenerlik fakulteti tasarrufida tashkil topgan.

1991 yildan O‘zbek va chet tillari kafedrasi maqomini olgan bo‘lib, milliy va rus guruhlari talabalariga ingliz, nemis, fransuz, rus va o‘zbek tillaridan saboq berib kelingan. Hozirgi kunda kafedrada inliz, nemis, rus va o‘zbek tili fanlaridan talabalarga bilim beriladi.

Kafedra faoliyat yuritgan davrlar mobaynida unga yetakchi pedagog-olimlardan fan nomzodlari, dotsentlar L.P Kremensov, M.N.Umarov,  M.B.Finkelshteyn, B.S. Radjapovlar uzoq vaqt rahbarlik qilishgan.

Keyingi yillarda kafedraga f.f.n. N.N.G‘afforov, dots. M.S.Ayxodjayeva kabi yosh mutaxassis xodimlar rahbarlik qildi.2012 yildan dots. D.N.Yarasheva kafedra faoliyatini boshqarib kelmoqda.

Kafedrada yetakchi mutaxassislar Ye.A.Abdalina, L.S.Lyublinskaya, B.S.Frumkina A.L.Bikova, V.F.Ryabishkin, N.N.Xolxodjayeva, L.I.Krushinina, K.V.Lazarevskaya, R.N.Levina, V.A.Elizova, K.S.Korsunskaya, E.A.Annenkova, F.X.Xodjayeva, O.I.Shelyagina, S.V.Lyublinskaya, Ye.O.Ivannikova, L.S. Li, L.K. Livitskaya, Z.M.Murodova, L.A.Novgorodova, G.Z.Qurbonqulova, M.S.Ayxodjayeva, L.M.Abduraxmanova,  D.N.Yarasheva, R.X.Voxidova, B.B.Gaynazarova, F.Sh.Nug‘monova, Z.X.Yuldasheva, I.B.Isamova, N.M.Ibragimova, G.X. Abdumalikova, G.E.Zuparova, M.Yu.Ernazarova, X.O.Axmedova va D.M.Safiyazovalar uzoq yillar mehnat  qilgan. Ulardan ko‘pchiligi bugungi kunda ham kafedrada sermahsul mehnat qilmoqdalar.So‘nggi yillarda bakalavr mutaxassisligida “Kasbiy ta'lim ” va “Qizlar sporti” yo‘nalishlari tashkil etilganligi sababli talabalar soni birmuncha oshdi  hamda o‘zbek va chet tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tarkibi ham boyidi. Jumladan, oxirgi besh yil ichida kafedrada zamonaviy bilimlar bilan qurollangan iqtidorli yosh mutaxassis kadrlar paydo bo‘ldi. G.T.Inagamova, X.F.Islamova, A.Q.Amanov, O.Sh.Uralov, X.G.Gafurova, Sh.I.Mansurova, S.X.Nurtayev ingliz tili bo‘yicha muntazam malakasini oshirib borayotgan, pedagogik mahorat sirlarini o‘zlashtirib kelayotgan iqtidorli o‘qituvchilardan sanaladilar.

Yosh o‘qituvchilardan G.T.Inagamova, X.G.Gafurovalar 2012-2013 yil davomida Hindistonning turli viloyatlarida ingliz tili, kompyuter texnologiyalari  yo‘nalishlarida malaka oshirib keldilar.

Hozirgi kunda kafedrada 30 ta  shtat birligi mavjud bo‘lib, ulardan 1 ta kafedra mudiri, 0,5 professor, 3 ta dotsent, 8,5 ta katta o‘qituvchi va 17 ta o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada bakalavr yo‘nalishida 4 ta (ingliz, nemis, rus va o‘zbek tillari) va magistratura yo‘nalishida 1 ta fan (ingliz tili) bo’yicha  o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi. Bugungi kunda kafedrada darslik, o‘quv qo‘llanmalarni yaratish borasida o‘qituvchilar tomonidan keng qo‘llamli ishlar olib borilmoqda. Kafedra a'zolari kafedra, institut va respublika miqyosida turli xil jamoat ishlarida faol qatnashib keladilar. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Respublika Hukumati qarorlari, boshqa qonuniy hujjatlar ijrosini ta'minlash,  chet (ingliz) tili bo‘yicha malaka oshirish test sinovlaridan o‘tish, talabalar orasida qonuniy-me'yoriy xujjatlarning mazmun- mohiyatini tushuntirish, targ‘ib qilish, sport tadbirlarida qatnashish, umumxalq hasharlarida ishtirok etish borasida o‘rnak bo‘lmoqdalar. Kafedrada “Ustoz - shogird” munosabatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yosh mutaxassislar ko‘p yillik ish tajribasiga ega mohir pedagoglardan pedagogik mahorat sirlarini, yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg‘ulotlarni tashkil qilish yo‘llarini o‘rganib kelmoqdalar. Kafedraning ayrim o‘qituvchilari “ Ustoz-murabbiy” sifatida guruhlarda ma'naviy-ma'rifiy, sport, ommaviy tadbirlar tashkil etib, o‘z talabalari bilan ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedra o‘qituvchilari muntazam ravishda institut, Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda, seminarlarda ishtirok etib keladilar.

O‘zbek va chet tillari kafedrasida 1985 yildan beri faoliyat ko‘rsatgan, jismoniy tarbiya va sport sohasida yetuk mutaxassis kadrlar tarbiyalab voyaga yetkazgan, chuqur nazariy bilimga va ilmiy salohiyatga, ko‘p yillik boy pedagogik va ilmiy tajribaga ega olimlardan biri dotsent Anfisa Lavrentyevna Bikovadir. Rus tili fani bo‘yicha 2 ta darslik,  2 ta o‘quv qo‘llanma, qator o‘quv - uslubiy tavsiyalar muallifi. Hozirgi kunda A.L.Bikova nafaqada.

 Ingliz tili bo‘yicha yetuk mutaxassis  pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Bahodir Sidikovich Radjapov ko‘p yillik sermahsul mehnati davomida bo‘lajak sport murabbiylari va pedagogik  xodimlarini tayyorlash bilan birga hozirda nafaqat bakalavrlar, balki magisratura talabalarining ingliz tili bo‘yicha mutaxassislikka oid nutq boyligini oshirishda zamonaviy talablar darajasida mashg‘ulotlarni tashkil etib sermahsul mehnat qilib kelmoqda.

  Ingliz tili bo‘yicha davlat attestatsiya komissiyasi sifatida Respublikadagi Oliy o‘quv yurtlariga ko‘p bor taklif qilingan. Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida 3 oylik malaka oshirib qaytgan. Hozirgi kunda bakalavr yo‘nalishidagi  talabaning malakaviy ishiga rahbarlik qilmoqda.  B.S.Radjapov 1 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma muallifi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlash borasida ilmiy izlanishlar olib borib, institut, Respublika, Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda muntazam ishtirok etib keladi. Institut qoshidagi O‘zbekiston Olimpiya Akademiyasi Bosh kotibi sifatida turli xorijiy davlatlarda xizmat safarida bo‘lgan, Respublika Xalqaro musobaqalarida xorijiy sport delegatsiyalari bilan hamkorlik qilgan.

 

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi.

 

1. Norboyeva Feruza Raxmatullayevna - kafedra mudiri, dotsent.

2. G’afforov Nodir Nasriyevich – f.f.n., v.b.professor,  1971 y. 

3. Radjapov Bahodir Sidikovich-pedagogika fanlari nomzodi,dotsent,1942 y. 

4. Ayxodjayeva Muborak Saitkarimovna -dotsent                    12.02.1964y

5. Axmedova Xulkar Olimjonovna  -dotsent                              9.01.1970 y

5. Xodjayeva  Farida Xodjanovna katta o‘qituvchi                    09.04.1952 y    

5. Gaynazarova Basira Bariyevna katta o‘qituvchi                   18.02.1956 y

5. Abduraxmonova Lobar Malikovna katta o‘qituvchi              25.09.1964 y

5. Safiyazova Dilfuza Jumabayevna       -katta o‘qituvchi         10.11.1969 y 

10. Ernazarova Manzura Yusupbayevna -katta o‘qituvchi         19.04.1969 y                                                                                                           

11. Ibragimova Nasiba Maxmanazarovna katta o‘qituvchi      07.12.1975 y.          

12. Abdumalikova Go‘zal Xamzayevna katta o‘qituvchi         28.10.1980 y.      

13. Islomova Xafiza Fayzullayevna  katta o‘qituvchi             29.09.1975 y. 

14. Axmetova Bashorat Baltashovna o‘qituvchi                       05.05.1959 y.  

15. Inagamova Go‘zal Taxirovna o‘qituvchi                               23.09.1985 y

16. Mustafayeva Sarvinoz Suyunova, o‘qituvchi                       24.10.1983 y

17. Amanov Alisher Qahramonovich  o‘qituvchi                      04.07.1987 y

18. Uralov Ozod Sharipjonovich o‘qituvchi                               16.06.1981 y.

19. Azimova Umirxon Odilovna o‘qituvchi                               24.01.1987 y.

20. Mansurova Shoxista Ismoilovna o‘qituvchi                      22.08.1980 y.

21. Avezova Nargiza Xudoyberganovna, o‘qituvchi                16.09.1969 y   

22. Nurtayev Sayfulo Xusanovich o‘qituvchi                            30.09.1987 y

23. Dadanova Dilshoda Zokirovna o‘qituvchi                           03.06.1979 y.

24. Botirbekova Gulchexra Abdumutalovna o‘qituvchi            01.07.1981 y

25. Fayziyeva Dinara Maxmudovna  o‘qituvchi                        27.07.1969 y.                                                         

26. Zuparova Gulnora Erkinovna   o‘qituvchi                           28.03.1980 y

27. Kenjayeva Gulchira Еndirbayevna, o‘qituvchi                   10.08.1968 y

28. Sharipova Sarvinoz Burxonovna, o‘qituvchi                   08.06.1982 y

29. Mirsaatova Gulnoz Miragzamovna, o‘qituvchi                   05.05.1980 y

 

 

Kafedra faoliyatidagi yutuqlar

 

O‘zbek va chet tillari kafedrasi o‘z faoliyatini boshlaganda faqat chet tillari hamda rus tili fanlaridan talabalarga saboq berilgan bo‘lsa, 1990 yildan boshlab rusiyzabon talablarga davlat tili -  o‘zbek tilini o‘qitish joriy qilindi.

Bugungi kunda bakalavr yo‘nalishida 4 ta, magistratura yo‘nalishida 1 ta fandan o‘qituvchilar tomonidan mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Kafedrada institutning 5 ta  fakulteti  talabalari tillar bo‘yicha tahsil oladilar. Ingliz, nemis tillaridan mashg‘ulotlar 1-3 bosqichlarda, rus va o‘zbek tilidan mashg‘ulotlar faqat 1-bosqichda olib boriladi.

Hozirgi vaqtda kafedra  o‘qituvchilari turli grantlar tanlovida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqdalar.  Jumladan, dotsent Axmedova X.O. “Fond - Forum” tomonidan e'lon qilingan pedagogik grantlar tanlovi g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, o‘qituvchilar G‘ofurova X.G‘. va Inagamova G.T. Hindistonning O‘zbekistondagi Elchixonasi tomonidan e'lon qilingan. “ITEC” dasturi bo‘yicha e'lon qilingan grant asosida Hindistonda uch oylik malaka oshirish kursida ta'lim olib qaytdilar.

Kafedra a'zolari ma'naviyat-ma'rifat yo‘nalishi bo‘yicha institut miqyosidagi yirik tadbirlarni tashkil qilishga katta hissa qo‘shib keladilar. O‘qituvchi va murabbiylar kuni, o‘zbek tiliga  davlat tili maqomi berilgan kunni nishonlash, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari daho shoirlarimizning tavallud ayyomlariga atab adabiy-musiqiy kechalar o‘tkazish an'anaga aylangan. 2012 yilda kafedra dotsenti Axmedova X.O. “Yilning eng faol ma'naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Kafedra jamoasi bundan keyin ham respublikamizning boshqa oliy ta'lim muassasalari bilan mustahkam aloqada bo‘lib, tajriba almashish, hamkorlikda ishlanmalar yaratish  niyatida.

 

Kafedra aloqalari

 

O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi  PQ  18\75 sonli qarori ijrosini ta'minlash,  chuqur bilimga ega, har tomonlama yetuk, chet (ingliz) tillarini mukammal biladigan raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlash maqsadida  kafedra professor-o‘qituvchilari Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta'limi muassasalari bilan o‘qituvchilar malakasini oshirish, ta'lim muassasasida  ilm-fanni jadal rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga yosh o‘qituvchilarni keng jalb qilish, ilmiy-amaliy anjumanlar va seminarlarda ish tajribasi bilan o‘rtoqlashish borasida   hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Jumladan,

l.Toshkent moliya instituti ingliz va rus tillari kafedralari  (2013-2016 yy)

2. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining rus tilshunosligi fakulteti        (2012 -2015 yy).

3. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1- ingliz filologiyasi fakulteti (2011-2015yy)

4. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining nemis filologiyasi fakulteti   (2012 – 2014yy)

  

Kafedraning xalqaro aloqalari

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari Rossiya Federatsiyasida bo’lib o’tadigan Xalqaro ilmiy anjumanlarda ham o’z maqolalari bilan ishtirok etadilar. Bundan tashqari, “Молодой учёный”, “Педагогические науки” hamda “Научный обозреватель” kabi ilmiy-nazariy jurnallarida o’z maqolalarini chop ettirib keladilar.

 

Magistratura va bakalavriatning kafedra hayotidagi orni

 

Kafedrada 4 ta fan,  ya’ni ingliz, nemis, rus va o’zbek tillari o’qitiladi.

Ingliz va nemis tili fanlari 1,2,3- kurslarda  5111000 – Kasb ta’limi,  Sport faoliyati (faoliyat turlari bo’yicha), 5210200   Psixologiya. (Sport), 5610500 –  Sport faoliyati.  (faoliyat turlari bo’yicha) ta’lim yo‘nalishlari, o’zbek va  rus tili fanlari 1-kursda  5111000 – Kasb ta’limi,  Sport faoliyati (faoliyat turlari bo’yicha), 5210200   Psixologiya. (Sport), 5610500 – Sport faoliyati.  (faoliyat turlari bo’yicha) ta’lim yo‘nalishlari bo’yicha olib boriladi.

Magistraturada faqat ingliz tili fani  bo’yicha 1,2- kurslarda  5А610501 – Sport faoliyati (adaptiv jismoniy tarbiya), 5А610501 – Sport faoliyati (faoliyat turlari bo’yicha), 5А610502 – Jismoniy tarbiya va sport menejmenti mutaxassisliklarida mashg’ulotlar olib boriladi.

 

Kafedra to’garak ishlari

 

Sport o‘yinlari fakulteti o‘zbek va chet tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari bakalavriat va magitratura  talabalari orasidan iqtidorlilarni saralab olib, ularning xorijiy tillarni chuqur o‘zlashtirishlariga hissa qo‘shib kelmoqdalar. Shu asnoda har yili talabalr ilmiy-uslubiy va o‘quv-uslubiy anjumanlari hamda tillar bo‘yicha fan Olimiadasining kafedra, institut bosqichlari tashkil qilib kelinadi. Institut talabalari Respublika fan olipiadasida ham muvaffaqiyatli  qatnashib keladilar. Ingliz tili bo‘yicha fan olimpiyadasining Respublika bosqichida talabalarimiz har yili kuchli o‘nlikdan joy oladilar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalr orasida ma'naviy-ma'rifiy,  madaniy-sport tadbirlari tashkil etadilar va ular ishtirokida buyuk adib va arboblar tavallud kunlarini nishonlash yuzasidan uyushtiriladigan badiiy kechalar, davra - suhbatlari o‘tkazib keladilar. Talabalar turar joylarida ham qator tadbirlar tashkil etish va bunga talabalarni har tomonlama jalb qilish kafedra a'zolarining asosiy vazifalaridan biridir.

Talaba qizlarning turli xil respublika ko‘rik tanlovlarida, jumladan “Iffatli kelin” “Sport malikasi” tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini ta'minlab, ularga nutq madaniyati, muomala madaniyati, kiyinish madaniyati masalalarida har tomonlama ko‘mak berib keladilar. Shuningdek, mamlakatimiz terma jamoalari a'olari bo‘lgan sportchi talabalar bilan mustaqil ishlashda fidoyilik qilib. Ular o‘quv dasturi materiallarini o‘zlashtirishlari uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etib, keladilar.

 

Kafedra faxrlari

  Ingliz tili bo‘yicha davlat attestatsiya komissiyasi sifatida Respublikadagi Oliy o‘quv yurtlariga ko‘p bor taklif qilingan. Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida 3 oylik malaka oshirib qaytgan. Hozirgi kunda bakalavr yo‘nalishidagi  talabaning malakaviy ishiga rahbarlik qilmoqda.  B.S.Radjapov 1 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma muallifi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlash borasida ilmiy izlanishlar olib borib, institut, Respublika, Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda muntazam ishtirok etib keladi. Institut qoshidagi O‘zbekiston Olimpiya Akademiyasi Bosh kotibi sifatida turli xorijiy davlatlarda xizmat safarida bo‘lgan, Respublika Xalqaro musobaqalarida xorijiy sport delegatsiyalari bilan hamkorlik qilgan.

Hozirgi vaqtda kafedra  o‘qituvchilari turli grantlar tanlovida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqdalar.  Jumladan, dotsent Axmedova X.O. “Fond - Forum” tomonidan e'lon qilingan pedagogik grantlar tanlovi g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, o‘qituvchilar G‘ofurova X.G‘. va Inagamova G.T. Hindistonning O‘zbekistondagi Elchixonasi tomonidan e'lon qilingan. “ITEC” dasturi bo‘yicha e'lon qilingan grant asosida Hindistonda uch oylik malaka oshirish kursida ta'lim olib qaytdilar.

2012 yilda kafedra dotsenti Axmedova X.O. “Yilning eng faol ma'naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.




Ishonch telefoni
+99871 268-93-61
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar