O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Kamolot
Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
KARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Sentabr 2017    »
DuSeChPaJuShYa
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
O'zDJTI » Ma'lumotlar » Magistratura bo'limi

Magistratura bo'limi


Sana: 27-10-2015, 16:45       Ko'rishlar soni: 1719

Shermuxamedov Aziz Toxirovich

 

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida magistratura bo’limi 2000-yildan faoliyat yuritmoqda.

Bo‘lim institutda magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini sifatli ravishda tashkil etish va ta’minlashni, magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirib nazorat qiladi, muntazam ravishda monitoringni amalga oshiradi, taxlil qiladi va ular yuzasidan hisobotlar beradi.

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti magistrantlariga eng yuqori malakali professor-o‘qituvchilar:  fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajalariga, professor va dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan taniqli sport ustalari bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislar jalb etilgan.

Hozirgi kunda Institutda 2 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

 

O’zDJTI  magistratura mutaxassisliklari

 

5A610501 - Sport faoliyati (sport turlari bo’yicha)

5A610502 - Jismoniy tarbiyava sport menejmenti

 

Bo’limning maqsadi

Oliy ta’lim muassasasida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” vazifalariga muvofiq mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tendensiyalaridan kelib chiqqan holda tegishli magistratura mutaxassisligi bo’yicha kasbiy, huquqiy, pedagogik va psixologik bilimlarni chuqur o’zlashtirgan jamiyat, davlat va oila oldida ma’suliyatini tushungan yuqori malakali mutaxassilarni tayyorlanishini tashkil etishdan iborat.

 

Bo’limning vazifalari

Magistratura bo’limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • magistratura mutaxassisliklari uchun davlat ta’lim standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, kadrlar buyurtmachilari  talab va takliflari asosida ularni muntazam takomillashtirib borish;
  • magistrlar tayyorlash bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etish, ta’lim va o’qitish sifatini nazorat qilish;
  • magistratura faoliyatini boshqarish, ta’lim jarayonlarini tashkil etishning shakl va mexanizmlarini modernizatsiya qilish;
  • magistratura mutaxassisliklarini zaruriy darsliklar va adabiyotlar bilan ta’minlash, bu ishga yetuk olimlar, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ilmiy sohani rivojlantirish;
  • magistratura talabalari tomonidan o’quv, ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatini muvofiqlashtirish  va ular bo’yicha joriy hujjatlarni yuritish hamda amalga oshirilgan ishlarni nazorat qilish;
  •  «Bo’lim» institutdagi fakultetlar, kafedralar va bo’limlari bilan bevosita aloqada ish yuritadi. Bo’lim magistrant-talabalarning o’quv, o’quv-metodik, ilmiy faoliyatlarini tashkil etish hamda magistrlar tayyorlash bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish  va nazorat qilish vazifasini amalga oshiradi;
  • magistrlarni o’qitish va ularning ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish, magistrlar tayyorlash ishlarini muntazam ravishda taxlil qilish va ular yuzasidan hisobotlar tayyorlash;
  • magistraturada dars berayodgan pedagog kadrlarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlari uchun maqsadga yo’naltirilgan sharoitlarni yaratish va ularni ijtimoiy-kasbiy va shaxsiy faolligini oshirish;
  • axborot ta’minoti tizimlarini shakllantirish va rivojlantirish;
  • respublikadagi va ilg’or horijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-ta’limiy loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarida ishtirok etish;
  • mavjud holatni tizimli ravishda taxlil qilish, aniqlash, muammoli holatlarni aniqlash, magistraturani rivojlantirish tendensiyalari bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni aniqlash;
  • budjet asosida ta’lim olayotgan magistratura talabalarini ishga taqsimlash borasida mehnat bozoridagi ish o’rinlari to’g’risida axborot bankini yaratish, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
  • magistrlar tayyorlash jarayoni ishtirokchi-hamkorlar qiziqishlari aks etgan taklif va ko’rsatmalarni ishlab chiqish;
  • xalqaro, davlatlararo, respublikadagi va hududiy tuzilmalar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
  • magistraturaga qo’yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalar, anjumanlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • magistrlarni ichki attestastiyadan o’tkazish ishlarini tashkil etish;
  • magistratura talabalarining davomat va o’zlashtirish ko’rsatkichlarini  nazorat va taxlil qilish;
  • magistratura talabalarining shaxsiy ish rejalarini ishlab chiqilishi va uning amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • magistrlik dissertatsiya ishiga tegishli bo’lgan hujjatlarni rasmiylashtirilishini nazorat qilish.

 

Bo’lim o’ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: 

  • institut raxbariga va Institut Kengashiga magistratura faoliyatini takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritish;
  • davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlardan magistratura mutaxassisliklarga bo’lgan extiyoj to’g’risidagi axborotni belgilangan tartibda olish;
  • institut barcha kafedralarida magistrlar tayyorlash bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.

 

Bo’lim majburiyatlari quyidagilardan iborat:

 

- o’quv reja va dasturlarda ko’zda tutilgan o’qitishning hamma shakllari (ma’ruza, laboratoriya, amaliyot, seminar va boshqa o’quv mashg’ulotlari turlari) bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etish;

- magistrlarni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish jarayonini tashkil qilish;

- tasdiqlangan reja asosida ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, innovatsion loyixalar, grantlar va boshqalar bo’yicha ishlarni olib borish, tugallangan         ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama qilish va ularni ishlab chiqarishga qo’llash, tugallangan ilmiy ishlarni chop etishga tavsiya etish, ta’lim, fan va sport amaliyotini samarali ta’minlash;

- magistrlarni ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga yo’llash va ularning ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishini koordinastiya qilish;

- magistrlarning malaka amaliyotlari, loyixalari (ishlari), magistrlik dissertastiyalari, shuningdek, ularning mustaqil ishlarini sifatli tashkil etilishini nazorat qilish;

- magistrlarning ilmiy raxbarlari shaxsiy ish rejalaridagi magistraturaga oid o’quv, ilmiy, uslubiy va tarbiyaviy ishlari bajarilishini nazorat qilish;

- respublika va xorijdagi ilg’or tajribalar, dunyodagi yetakchi ilmiy va ta’lim markazlari faoliyati, olimlar va eng yaxshi pedagoglarning ilg’or ishlarini o’rganish, umumlashtirish va tadbiq etish;

- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqishni tashkil qilish va o’quv jarayoniga joriy etish;

- yosh pedagoglarga pedagogik mahoratga ega bo’lishlari uchun amaliy yordam ko’rsatish hamda ustoz-shogird tizimini rivojlantirish;

- axborot bazalarini yaratish, o’quv mashg’ulotlarida texnik vositalarni qo’llash va individual o’qitish, mustaqil o’qish vositalarini yaratish, masofadan o’qitish tizimlarini takomillashtirish;

- har xil shakldagi xalqaro hamkorliklar, o’zaro axborotlar almashinuvini rivojlantirish, anjumanlarda ishtirok etish, xorijiy ta’lim muassasalari magistratura ishlari tajribasini o’rganish;

- magistrlik dissertastiyalarning mavzularini ko’rib chiqish va ularning ishlab chiqarish hamda ilm-fan va sport muammolarini hal etishga yo’naltirilishini ta’minlash;

- magistrlar bilimini reyting tizimi bo’yicha nazorat qilishni tashkil etish, natijalarini taxlil qilish, uni takomillashtirish choralarini ko’rish;

- magistrlarni auditoriyadan tashqari ishlarini asosan ijod qilish, ilmiy ishlar bilan shug’ullanish, to’garak va seksiyalarga qatnashishga yo’naltirish;

- o’rnatilgan tartibda magistratura mutaxassisliklari bo’yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’quv reja va dasturlar hamda dars jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqga kiritish;

- magistratura talabalari uchun darsliklar, o’quv, uslubiy va ko’rgazmali qo’llanmalarni tegishli kafedralar tomonidan tayyorlanishini nazorat qilish;

- iqtidorli magistrlar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan Prezident va Davlat stipendiyasi tanlovlarida ishtirok etishga tayyorlash;

- magistratura bitiruvchilarini ilmiy-pedagogik faoliyatga yo’llash, ustoz-shogird tizimidan hamda "Iste’dod" jamg’armasi imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda ularni doktaranturada o’qishni davom ettirish hamda kafedralarda pedagogik faoliyat olib borishga tavsiya etish;

- magistratura bitiruvchilari bilan tizimli, doimiy aloqalarni tashkil etish ular faoliyatining monitoringini olib borish;

- magistratura mutaxassisliklari bo’yicha professor-o’qituvchilar, yosh olimlar malakalarini oshirishlarini ta’minlash;

- chet-ellik xamkorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish.




Ishonch telefoni
+99871 268-93-61
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar