O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Kamolot
Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
KARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Iyul 2017    »
DuSeChPaJuShYa
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31 
O'zDJTI » Ma'lumotlar » Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi


Sana: 15-09-2013, 15:14       Ko'rishlar soni: 3117

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i - Shopulatov Abdimalik Nurullaevich.

Elektron manzil: ilmbol@uzdjti.uz

Telefon: (8 371) 286 19 91

Ilmiy va ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi mustaqil bo'lim sifatida institut strukturasi tarkibiga kiradi. Shuningdek, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar ham biriktirilib,  ilmiy ishlar bo'yicha prorektor va institut rektoriga bo'ysinadi hamda ilmiy va ilmiy –pedagogik kadrlar tayyorlash bo'lim boshlig'i tomonidan boshqariladi.

Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyolash bo'limi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risidagi”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to'g'risidagi qonunlari bilan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ilmiy–texnikaviy taraqqiyot bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash qoshidagi fan va texnologiyalar markazining ko'rsatma va qarorlari,  O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zDJTI Nizomi asosida boshqariladi.

Ilmiy bo'lim vazifalari

  1. Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi institut professor-o'qituvchilarining o'quv metodik va ilmiy – texnik saviyasini rivojlantirish hamda ulardan to'liq, samarali foydalanish uchun jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid zarur ijtimoiy ishlab chiqarish sharoitlarini tashkil etish;
  2. Jimsmoniy tarbiya va sport tizimini sifatli faoliyat ko'rsatishning nazariy-metodologik asoslarini yangilash strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish;
  3. Milliy-madaniy, tarixiy xususiyatlarini, ma'naviy-axloqiy an'analarini, xalq pedagogikasi vositalarini, umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olgan holda zamonaviy ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlarda ijtimoiy hodisa sifatida jismoniy tarbiya va sport tizimi qonuniyatlarini izlash va tadqiq etish;
  4. Fundamental ilmiy – tadqiqotlarni tashkil etish va samarodorligini amalga oshirish. Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va ta'lim doirasida ilmiy tadqiqotlarni aktivlashtirish;
  5. Ilmiy salohiyatni va ilmiy tadqiqotlar samardorligini Institut ITI (institut ilmiy tadqiqotlari) asosida talablar va magistrantlar hamda katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni jalb qilgan holda mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish;
  6. Ilm–fan doirasida sportni rivojlantirish, ilmni kommertsializatsiyalash, raqobat muhitini yaratish, ilmiy xizmatilarni to'lovli tizimini rivojlantirish;
  7. Ilmiy tadqiqotlarni moddiy – texnik va boshqa resurslar bilan ta'minlash mixanizmini shakllantirish, ilmiy nashriyot negizinirivojlantirish, ilmiy entsiklopedik va turli yordamchi adabiyotlar bilan ta'minlaydigan barqaror tizimni shakllantirish;
  8. Chet el va xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish;
  9. Professor-o'qituvchilarning yosh tadqiqotchi va sportchilarni tayyorlashda ustoz-shogirt tizimini rivojlantirish.

Ilmiy bo'lim huquqlari

  1. Ilmiy va ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limiga tegishli huquqlar bo'lim boshlig'i tomonidan yoki uning ko'rsatmasiga binoan bo'limdagi boshqa xodimlar tomonidan amalga oshiriladi;
  2. Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i o'zining yunalishiga oid davlat va jamoat ishlarida ilmiy ishlar bo'yicha institut nomidan ish olib boradi;
  3. Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi kafedra, dekanat va mustaqil ijro etuvchilarga ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish masalalarida ko'rsatmalar beradi;
  4. Kafedra va dekanatlardan ilmiy va ilmiy-tadqiqot ishlar bo'yicha hisobotlar talab qiladi, xo'jalik ishlarini bajarilishi to'g'risida, ilmiy tadqiqotlar va ularni amaliyotga joriy etilishi ishlari yuzasidan ma'lumotlar oladi;
  5. Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi faoliyatiga doir masalalar yuzasidan kafedra va dekanatlarda tekshiruv o'tkazadi.

Ilmiy bo'lim hisoboti [82,84 Kb]




Ishonch telefoni
+99871 268-93-61
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar