O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Kamolot
Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
KARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Iyul 2017    »
DuSeChPaJuShYa
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31 
O'zDJTI » Ma'lumotlar » Mobil telefonlardan foydalanish qoidalari

Mobil telefonlardan foydalanish qoidalari


Sana: 11-09-2013, 19:10       Ko'rishlar soni: 4977

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to'g'risida

NIZOM

 

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom institutda mobil telefonlardan (keyingi o'rinlarda telefon deb ataladi) foydalanish tartibini belgilaydi hamda sifatli ta'lim olish va kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lishda, davlat va jamiyat manfaatlari yo'lida talaba-yoshlarning sog'lig'ini saqlashda xavf-xatarlarni kamaytirishda talabalarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlashga yo'naltirilgan.

2. Ta'lim – tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligiga erishish va talaba-yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish ushbu Nizomning maqsadlari hisoblanadi.

3. Ushbu Nizom talabalarga, shuningdek ta'lim muassasasining barcha toifalardagi xodimlariga nisbatan amal qiladi.  

4. Telefonning saqlanishi uchun faqat uning egasi (ota-onalar) javob beradilar.

5. Ushbu Nizomning maqsadlariga muvofiq uni ishlab chiqish quyidagi vazifalarni hal etishga yo'naltirilgan:

a) boy intellektual meros asosida yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy mustaqillik g'oyalarini hurmat qilish va ularni sadoqat ruhida tarbiyalash;

b) o'quv jarayonida, shu jumladan, talabalar tomonidan telefonlardan foydalanish bilan bog'liq quyidagi salbiy hodisalarning oldini olish va bartaraf etish:

- o'quv materiallaridan shpargalkalar sifatida foydalanish uchun, shuningdek mashg'ulotlar vaqtida talabalar foydalanadigan turli o'yinlarni yozib olish va telefon xotirasida saqlash;

- yoshlar o'rtasida ma'naviy-axloqiy xislatlarni buzuvchi, zo'ravonlik, shafqatsizlik va pornografik, shuningdek reaktsion-sektant, soxta diniy mafkurani targ'ib qiluvchi, atrofdagilarni salbiy harakatlarga undovchi materiallardan iborat bo'lgan, ko'rgazma, fon sifatida xizmat qiluvchi rasmlar, audio-videoyozuvlar, chizma va suratli tasvirlar, ovozli video roliklarni namoyish etish, tarqatish, qo'llanish;

v) institutning ichki tartib-qoidalariga rioya etishni ta'minlash uchun talabalar tomonidan telefonlardan foydalanishni tartibga solish.

 

II. Institut hududi va xonalarida telefonlardan foydalanish tartibi

6. Institutga kirib kelishda har bir talaba, xodim, keluvchi va boshqa shaxslar o'z telefoni abonentining chaqiruv ovozini to'liq o'chirib qo'yishi (telefonni “ovozsiz” rejimga o'tkazishi) shart.

7. Institutda o'tkaziladigan o'quv mashg'ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin talabalar:

- telefonini o'chirib qo'yishi;

- telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo'yishi shart.

8. Talabalarga quyidagilar qat'iyan taqiqlanadi:

a) telefonini bo'yniga osib olish, ko'krak cho'ntaklarida, shim, yubkalari cho'ntaklarida va shu kabilarda saqlash;

b) telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta'lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

v) telefoni yordamida:

- atrofdagilarga zo'ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ'ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;

- institutning nufuziga, shu jumladan, zo'ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo'li bilan zarar etkazish;

g) o'quv mashg'ulotlari vaqtida:

- telefon orqali so'zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo'natish;

- telefonni stol ustiga qo'yish;

- musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash;

- surat va video tasvirlarni ko'rsatishda telefondan foydalanish (o'yinlar bilan shug'ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko'rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;

- suratga olish va video tasvirga tushirish;

- telefon (GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

9. Institut talabalariga mashg'ulotlar va tadbirlar oralig'ida faqat asosli va kechikritib bo'lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o'rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, institutning rahbar xodimlari bilan zudlik ravishda bog'lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga (qo'ng'iroq qilishga, SMS, MMS, GPRS jo'natishga, Bluetooth, Internet va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi.

10. Mashg'ulotlar va turli tadbirlar oralig'ida telefon orqali so'zlashish uchun xonadan yo'lakka yoki foyega chiqish, past ovozda va qisqa muloqot qilish zarur.

11. Favqulodda vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda ta'lim muassasasida telefondan foydalanish cheklanmaydi.

12. Institutning professor-o'qituvchilari va boshqa xodimlari:

- o'quv mashg'ulotlari vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emas;

- darsdan tashqari vaqtda ta'lim oluvchilar ishtirokida telefondan foydalanishni imkoni boricha cheklashlari shart.

 

III. Nizom talablarini buzganlik uchun javobgarlik

13. Ushbu Nizom talablarini buzgan talabalarga nisbatan quyidagi ta'sir ko'rsatish choralari qo'llanadi:

- ogohlantirish;

- ota-onalarini (ularning o'rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o'tkazish uchun institutga chaqirish.

Ushbu Nizom talablarini buzgan talabalarga nisbatan institutning ichki tartib-qoidalariga muvofiq choralar ko'riladi.

14. Ushbu Nizom talablari buzilgan taqdirda institutning har qanday pedagog xodimi talabadan telefonni olib qo'yish, ushbu Nizomni buzganlik holati to'g'risida bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga fakultetning dekaniga yoki dekan o'rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga (ularning o'rnini bosuvchi shaxslarga, kuratorga) berish, ushbu Nizom talablari buzilganligi holatlari to'g'risida ogohlantirish berish huquqiga ega.

15. Ushbu Nizom talablarining har qanday buzilishi fakultetda tuziladigan dekan rahbarligidagi komissiya tomonidan, kurator, ta'lim oluvchining ota-onasi (ularning o'rnini bosuvchi shaxslar) ishtirokida, shuningdek ota-onalar (talabalar) majlisida muhokama qilinadi.

16. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini fakultet dekani va uning o'rinbosarlari nazorat qiladi.

 

IV. Yakunlovchi qoidalar

17. Institutda talabalarga tegishli bo'lgan telefonlarning saqlanishi uchun javob bermaydi, ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan holatlarda telefonlarning olib qo'yilishi hollari bundan mustasno.

18. Ushbu Nizom talablari har yili imzo qo'ydirilgan holda har bir talabaga va uning ota-onasiga (ularning o'rnini bosuvchi shaxslarga) etkaziladi.    




Ishonch telefoni
+99871 268-93-61
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar