O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
Sport kitoblari
ARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Avgust 2018    »
DuSeChPaJuShYa
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
fansport marketing library erasmus galereya sportkitob exujjat moodle fakultet diplom talaba teacher
O'zDJTI » Ma'lumotlar » Xotin-qizlar qo'mitasi

Xotin-qizlar qo'mitasi


Sana: 25-04-2015, 19:26       Ko'rishlar soni: 3715       Chop etish

O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti xotin-qizlar qo'mitasi raisi 

Ahmedova Hulkar Olimjonovna

1970 yil 9 yanvar

 

Elektron pochta: hulkar-tv@uzdjti.uz

 

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xotin-qizlar qo'mitasi Boshlang'ich tashkiloti o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi Qarorlari, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va institut Nizomi asosida tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasining 2011 yil 16 iyuldagi XXXIX Rayosati Qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti faoliyati" haqidagi Nizomga muvofiq, institutda faoliyat yuritayotgan ayollarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil etiladi.

Xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti institutda faoliyat yurituvchi ayollar tomonidan ixtiyoriylik asosida o'quv yurti ta'sis yig'ilishi qarori bilan tashkil etiladigan o'zini o'zi boshqaruvchi tashkilotdir.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining "Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risida"gi Qonuni va nodavlat notijorat tashkilotlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlar, shuningdek Xotin-qizlar qo'mitasining Ustavi, Nizomi hamda mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.

 

Maqsad va vazifalari

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti institutda faoliyat ko'rsatayotgan ayollarning:

- jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini kuchaytirish, 

- xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, 

- ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, 

- ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish va ta'minlash, 

- xotin-qizlarning ijtimoiy, tadbirkorlik va kasbiy mahoratini oshirish, 

- milliy va ma'naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, 

- yoshlarni ma'naviy barkamol, g'oyaviy kurashchan, millat va davlatning barqarorligi va taraqqiyoti yo'lida o'z kuchini ayamaydigan barkamol insonlar qilib tarbiyalash, sog'lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida tuziladi.

 

Institut Xotin-qizlar qo'mitasi quyidagi yo'nalishlarda o'z faoliyatini olib boradi:  

Institut Xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti institutda faoliyat yuritayotgan hamda tahsil olayotgan xotin-qizlarning jamiyatda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mehnat faolligini kuchaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ta'minlash ishlarini olib borish;

Xotin-qizlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshiradi, milliy va madaniy qadriyatlarimiz, an'analarimiz asosida qizlarni har tomonlama etuk inson qilib tarbiyalashda tadbirlar, uchrashuvlar, seminar, konferentsiyalar o'tkazish;

Xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ma'naviy intellektual va kasbiy salohiyatini, huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyatini oshirib borish;
“Qizlar klublari” faoliyatini yo'lga qo'yish, iqtidorli qizlarni “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etish;

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti institutda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning o'qish va mehnat faoliyatini rag'batlantirishga doir masalalarda ayollar manfaatini himoya qilish;

Institutda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, salbiy illatlardan yiroq bo'lish, ayollarni madaniyat va sportga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan ishlarni muntazam amalga oshirish;

Institutda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o'rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, diniy ekstremizm, missionerlik g'oyalarining tarqalishini oldini olish, milliy-diniy urf-odatlarni to'g'ri targ'ib etish;

Xalqimizning ruhiyatiga, turmush tarziga yot bo'lgan ayollar o'rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, fohishabozlik, o'z joniga qasd qilish kabi holatlarning oldini olishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;

Institutda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o'rtasida kam ta'minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va imkoniyati cheklangan ayollarga ko'maklashish.

 

Institut xotin-qizlar qo'mitasini tashkil etish va uning tuzilishi

Institut xotin-qizlar qo'mitasi o'z a'zolari sonidan jamoatchilik asosida ishlovchi rais va uning o'rinbosarini saylaydi.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar millati, ma'lumoti, ijtimoiy ahvolidan qat'iy nazar Xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkilotiga a'zo bo'lish huquqiga egadir.

Institut Xotin-qizlar qo'mitasi Boshlang'ich tashkiloti raisi besh yil muddatga saylanadi.

Institut xotin-qizlar qo'mitasi Boshlang'ich tashkiloti raisi o'z vazifalarini amalga oshirishda institut rektoriga hamda tegishli tuman (shahar) xotin-qizlar qo'mitasi raisiga bo'ysunadi va tegishli tartibda hisobot berib boradi.

Mazkur Nizom institut rektori tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi.




2018 yil
Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili
Ishonch telefoni
+99870 717-17-76
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
E-Xujjat
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar
So'rov
Institut saytiga baho bering
Juda zo'r
Yaxshi
Yomon emas