Warning: require_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/index.php on line 44 Warning: require_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/engine/init.php on line 45 Warning: include_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/engine/classes/mysql.php on line 25 Warning: require_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/engine/init.php on line 46 Warning: require_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/engine/init.php on line 47 Warning: require_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/engine/init.php on line 48 Warning: include_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/engine/init.php on line 287 Warning: require_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/engine/init.php on line 332 Warning: include_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/engine/init.php on line 366 Warning: require_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/engine/init.php on line 455 Warning: include_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/engine/init.php on line 457 Warning: include_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/engine/init.php on line 459 Warning: require_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/engine/init.php on line 461 Warning: include_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/engine/engine.php on line 574 Warning: include_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/engine/modules/show.full.php on line 847 Warning: include_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/engine/modules/show.full.php on line 1179 Warning: include_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/engine/init.php on line 463 Warning: include_once(): Unable to allocate memory for pool. in /var/www/vhosts/uz-djti.uz/httpdocs/engine/init.php on line 469 Sport menejmenti va iqtisodiyot kafedrasi » O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti
Главная Elektron kutubxona Galereya
Maxsus imkoniyatlar


O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

Bosh menyu
Mobil ko'rinish
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Elektron kutubxona
Sport kitoblari
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Oktabr 2018    »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 
O'zDJTSU » Ma'lumotlar » Sport menejmenti va iqtisodiyot kafedrasi

Sport menejmenti va iqtisodiyot kafedrasi


Sana: 22-04-2015, 18:10       Ko'rishlar soni: 3815       Chop etish

Kafedra mudiri:

Ziyadullayev Komil Shamsiyevich

E-mail: menejment@uzdjti.uz

 

O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya universitetida ilmiy tadqiqot ishlarini samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish hamda o'quv-pedagogik va ilmiy metodik rahbarlikni amalga oshirish ular faoliyatini muvofiqlashtirish, ularda davlat ta'lim standartlari va ta'lim darajasiga va mazmuniga, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo'yiladigan talablarni bajarilishini ta'minlash maqsadida "JTN va U" kafedrasida o'qitiladigan "Sport menejmenti" va "Sport marketingi" shuningdek, "O'zbekiston tarixi va DJQA" kafedrasida o'qitiladigan "Iqtisodiyot nazariyasi" fanlari asosida 2008 yil 2 sentyabr № 150- sonli buyrug'i bilan alohida "Iqtisodiyot va menejment" kafedra tashkil etilgan. Kafedra mudiri vazifasi Ziyadullayev K.Sh. zimmasiga yuklatilgan. Kafedra tashkil etilishi munosabati bilan "Iqtisodiyot va menejment" kafedrasiga 7 ta shtat birligi berilgan. 2008 yilda kafedrada magistratura uchun yangi yo'nalish ochildi va bu yo'nalish bo'yicha birinchi mutaxassislarni 2009 yilda chiqardi. Kafedrada quyidagi fanlar bo'yicha darslar o'tkazildi.

Bakalavrlar uchun: "Soliq va soliqqa tortish", "Iqtisodiyot nazariyasi", "Xorijiy investitsiyalar", "Sport menejmenti".

Magistrlar uchun: "Sport menejmenti", "Sport marketingi", "Sport iqtisodiyoti", "Ta'lim menejmenti", "Patentshunoslik litsenziyalash va sertifikatlash".

Bundan tashqari Oliy ta'lim vazirligi buyruqlari asosida maxsus kurslar xam o'tiladi. 

2010 yil mart oyidan № 63 sonli universitet ichki buyrug'iga asosan vaqtincha kafedra mudiri lavozimi Z.T.G'ulomov zimmasiga yuklatildi. 
Kafedraning ish faoliyati davomida shtat birligi 9 taga ortdi. Shu davr ichida kafedraning barcha o'qituvchilari o'z pedagogik maxoratlarini oshirish maqsadida malaka oshirib kelmoqdalar. Kafedra a'zolari kafedraning ish faoliyati davomida o'quv – tarbiyaviy, o'quv-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy-tadqiqot ishlariga o'z xissalarini qo'shib kelmoqdalar. Kafedra o'qituvchilari tomonidan 30 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar tayyorlangan va chop ettirilgan. Magistrantlar ilmiy amaliy anjumanlarda, tanlovlarda faol ishtirok etib, sovrinli o'rinlarni egallab kelmoqdalar.

2011 yilda "Iqtisodiyot va menejment" kafedrasi “Sport menejmenti va turizm” nomi bilan qayta tashkil etildi. 2014 yilga kelib, kafedra "Sport menejmenti va iqtisodiyot" nomini oldi. Hozirgi kunda shtat birligi 10,5 ni tashkil etadi. Kafedrada 3 nafar professor, 5 ta fan nomzodi, 2 ta dotsent, 3 ta katta o'qituvchi va 3 nafar o'qituvchi o'z ish faoliyatini yuritib kelmoqda. Kafedrada bakalavr yo'nalishida 3 ta fan bo'lib, bular asosan:
1. "Soliq va soliqqa tortish"
2. "Iqtisodiyot nazariyasi"
3. "Jismoniy tarbiya va sport menejmenti"

Har bir fan bo'yicha kafedra professor – o'qituvchilari tomonidan o'quv-uslubiy majmualar tayyorlangan bo'lib, dars soatlari ushbu majmualar asosida olib boriladi. 

Kafedradagi malakali professor - o'qituvchilar yosh kadrlarga "Ustoz - shogird" tizimi asosida biriktirilgan bo'lib, ular o'zlarining bilim va tajribalarini yosh avlodga o'rgatib kelmoqdalar. O'z navbatida kafedraning yosh o'qituvchilari ham o'z ustilarida doimiy ravishda ilmiy izlanishlarni olib bormoqdalar. 

Kafedra o'z faoliyatini boshlagandan buyon “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” ixtisosligi bo'yicha magistratura mutaxassisligi bo'yicha oliy ma'lumotli mutaxassis kadrlarni etishtirib chiqarmoqda.

Shu davr mobaynida ushbu ixtisoslikni tamomlagan 40 dan ortiq mutaxassis kadrlar Respublikamizning turli sport tashkilotlarida o'z faoliyatlarini yuritib kelmoqdalar.

"Sport menejmenti va iqtisodiyot" kafedrasi faxrlari
Yunusov To'lqin Tojievich – biologiya fanlari nomzodi, professor. O'zDJTIning faxriy o'qituvchisi. 1966 - yildan hozirgi kunga qadar o'z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. U faoliyati davomida bir necha yillar fakultet dekani,kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelgan.
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanining asoschilaridan biri bo'lib hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi aholisining jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlab beruvchi "Alpomish va Barchinoy" maxsus testlarining yaratgan hamda uning hayotga tadbiq etilishida katta hissa qo'shgan. "Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati", "Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish" faniga oid bir qancha o'quv qo'llanmalar, darslik hamda 70dan ortiq ilmiy – uslubiy maqolalar muallifi bo'lib hisoblanadi.

Ablaeva Ekaterina Sergeevna – katta o'qituvchi. Toshkent Davlat Agrar Universiteti talabalik davrida ya'ni, 2002 – yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibasi, 2003 – yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo'lgan.

Ravshanova Feruza Yusupbaevna – o'qituvchi. O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya universitetining 2010 - yil "Xotin – qizlar sportini rivojlantirish" yo'nalishini ilk bitiruvchilaridan. 2009 – yilda "Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyati" fani Respublika fan olimpiadasining g'olibi, 2010 – yilda "Ibn Sino" nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi, Belbog'li kurash bo'yicha Respublika toifasidagi hakam.




2018 yil
Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili
Ishonch telefoni
+99870 717-17-76
Soat 9:00 dan 18:00 gacha

Murojaatlar
79 ta murojaat kelib tushdi
76 ta murojaat hal qilindi
3 ta murojaat ko'rilish jarayonida
Elektron qabulxona
E-Xujjat
MOODLE
Bimm.uz
Foydali manbalar
So'rov
Interaktiv xizmatlarga baho bering
Juda zo'r
Yaxshi
Yomon emas