O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Kamolot
Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
KARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Iyul 2017    »
DuSeChPaJuShYa
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31 
O'zDJTI » Ma'lumotlar » Gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi

Gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


Sana: 6-07-2014, 12:03       Ko'rishlar soni: 2936

Eshtaev Anvar Kurganovich

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya insitituti, gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 

Tel: 245-37-40

e-mail: gimnastika@uzdjti.uz

e-mail: uzdjti-gimnastika@umail.uz

 

Gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi

Gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'z faoliyatini 1955 yilda - O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya insituti tashkil etilgan birinchi kundanoq boshladi.

Kafedraning birinchi mudiri O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener Yu.P. Egorov (1955- 1961) edi. Keyinchalik kafedraga V.A. Malomet (1961 – 1963), pedagogika fanlari nomizodi dotsent V.A. Xorobrov ( 1963 – 1965), B.M.(Yusupov 1965 – 1966).O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener G.D.(Jorjoladze 1966 – 1967), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.U.Tojiev (1967– 1971).O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener A.M.Berezin (1975 -1985), pedagogika fanlari nomizodi dotsent N.I.Lebedev, (1985–1989), pedagogika fanlari nomizodi , dotsent A.I. Efimenko (1996–2001), pedagogika fanlari nomizodi, dotsent A.K.Eshtaev (2001 yil shu paytgacha) boshchilik qildilar .

Shu davrda kafedradan Lebedev N.I., Xonkeldiev Sh.X., Yo'ldashev H.Q., Yuunusov T.T., Yarashev K.D. fan doktorlari, professor bo'ldilar, Afanaseva G.I., Vyaltsev A.S., Ivanova O., Isyanov R.Z., Kolotilova I.M., Kulkova I.V., Milinina N.N., Tojiev N.I., Umarov M.N., Fetxullova N.X., Xodjaeva F., Yo'ldoshev K.Q., Yunusova Yu.M. fan nomzodlari, dotsent bo'lishga erishdilar.

Gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasining yillar davomida olimpiada o'yinlari, jahon, Osiyo va Evropa chempionat g'olibi va sovrindori unvoniga musharraf bo'ldilar. Ulardan O.Aybinder, I.Baraksanova, Ya.Batirshina, S. Diamidov, E.Levochkina, Nedayxleb G., D.Polyarush, E.Saadi, E.Saveleva, V.Semenchuk, M. Teshaboe, E.Xolova, L.Cheryazova, O. Chusovitina, G.Yakunin, A.Fokin va boshqalar.

Kafedra 8 nafar xizmat ko'rsatgan sport ustasi, 17 ta xalqaro toifadagi sport ustasi, 2 nafar faxriy sport ustasi hamda 1400 dan ortiq sport ustalarni tarbiyaladi.
Bolshakov G.V., Jelnovakova L.D., Isyanov R.Z., Kolodyajniy V.V., Kuznetsova E.Yu.,Nilova O.AK., Ponasyuk R.Ya., Rakova E.M.,Sыrkin R.S., Markelov A.E. xalqaro toifadagi hakam unvonini oldilar.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener unvoniga 35 dan ortiq sportchi sazovor bo'ldilar.

Kafedra ko'p yillar davomida dots. M.N. Umarov, dots. dots. K.K. Yuldashev, V.Z.Milto, To'ychiev Z.U., Filippova E.V ishlab kelmoqdalar. Kafedraning professor – o'qituvchilar tarkibi tomonidan 600 dan ortiq ilmiy maqola, manografiyalar, o'quv qo'llanmalari va tavsiyanomalar nashr etilgan.

Mamlakatimiz mustaqilligi davrida badiiy gimnastika juda keng ommalashib ketdi. Institut uchun tarixiy bo'lgan 2005 - yilda kafedrada badiiy gimnastika bo'limi ochildi.

 

Kafedra professor-o'qituvchilar tarkibi.

1. Eshtaev Anvar Kurganovich-kafedra mudiri dotsent, pedagogika fanlari nomizodi
2. Umarov Mars Narzievich – v.b.professor , pedagogika fanlari nomizodi.
3. Yuldashev Karim Kayumivich – dotsent.
4. Xasanova Galina Mamutovna - katta o'qituvchisi pedagogika fanlari nomzodi.
5. Fetxullova Nailya Xarrasovna –dotsenti, pedagogika fanlari nomizodi.
6. Ishtaev Dilshod Ravshanbekovich –katta o'qituvchisi .
7. Yusupov G'ayrat Abdullaevich –katta o'qituvchi
8. Tuychiev Zuxriddin O'ktamovich –katta o'qituvchi
9. Milto Vyacheslav Zaxarovich –katta o'qituvchi
10. Eshtaev Sergey Anvarovich – katta o'qituvchi
11. Jonqobilov O'ktam Azzamovich –katta o'qituvchi
12. Tatarintsev Aleksandr Ivanovich –katta o'qituvchi
13.Toshmuradov Maqsud Xushvaqtovich –o'qituvchi
14. Musaeva Aziza Rustamovna –o'qituvchi
15. Shukel Elena Vyacheslavovna - o'qituvchi,
16. Usmonova Shaxnoza Toxirovna - o'qituvchi
17.Latfulina Irina - o'qituvchi,
18.Eshtaeva Vlada Borisovna – o'qituvchi,
19.Direeva Marina Vladislavovna – o'qituvchi
20.Abdullaev Bobir Baxtiyorovich – o'qituvchi
21.Filippova Elena Vladimirovna - o'qituvchi
22.Xasanova Nozima Raxmatovna o'qituvchi,
23. Babina Ekaterina Viktrovna o'qituvchi
24. Qurbonova Durdona Saloxiddinovna o'qituvchi
25.Xayitmetov Ilyos Sobirjonivich o'qituvchi
26.Toshpulatov Alijon Abdishukurovich o'qituvchi
27.Umarov Xurshid Xasanovich o'qituvchi,
28.Raxmonova Shaxlo Manapovna -o'qituvchi,
29.Qodirova Arofat Baxromxodjaevna-o'qituvchi
30.Niyazbekova Risolat Arslonovna -o'qituvchi
31.Tuychieva Dildora - o'qituvchi

 

Kafedraning faxrlari

Gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'zoq yillardan beri chuqur nazariy bilimga ko'p yillik boy pedagogik tajribaga ega bo'lgan.

O'zining izlanuvchanligi, talabchanligi va iqdidori bilan kafedramiz faxriga aylangan va yosh kadirlarga o'rnak bo'lib kelayotgan Umarov Mars Narzievich v.b. professori o'z faoliyati davomida 4 dan ziyod fan nomizodlarini va 12 dan ortiq magistirantlarni ustozi va ularni erishgan yutuqlarida juda katta xissa qo'shgan inson hisoblanadi. U o'z tajribalari davomida turli xildagi o'quv qo'llanmalar va uslubiy qo'lamalar nashirdan chiqarib yoshlar e'tiboriga havola qilib kelinmoqda. Xozirga kunda xam yosh kadirlarning ilim olishi uchun amaliy va nazariy bilim berib kelmoqdalar.

Kafedraning faxrlaridan ya'na biri Yuldashev Karim Kayumivich Xalq ta'limi a'lochisi dotsent yuksak pedagogik tajribaga ega bo'lib kafedraning ilmiy ishlarida va talabalarga bilim berishada o'z xissasini qo'shib kelmoqdalar.

 

Kafedraning aloqalari

O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" talablarini oshirishda Oliy ta'lim va o'rta maxsus kasb – hunar ta'limlarini uzviyligi va uzluksizligini ta'minalsh ta'lim, ilmiy – tadqiqot ishlari va ilmiy pedagogik kadirlar tayyorlash samaradorligini oshirishni takomillashtirish hamda mamlakatimiz oliy ta'lim muossasalari (bakalavir va magistratura ) da taxsil olayotgan talabalarni ilmiy – tadqiqot ishlarini kengroq jalb etish, ta'lim bilan faning samarali integratsiysini ta'minlash, ta'lim muossasalarida ilim – fanni jadal rivojlantirish va asosida raqobatbardosh kakdrlar tayyorlashdan iboratdir.
Shu maqsadda kafedra quydagi O'z.R.F.A tizimidagi insitutlar, respublika oliy va o'rta maxsus kasb hunar ta'limi muossasalari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

Toshkent to'qimachilik va engil sanoat instituti va Olimpiya zaxiralari kolleji bilan kafedra orasida ilmiy –tadqiqot ishlari bo'yicha keng aloqalar yo'lga qo'yilgan.

 

Talabalar xayotidan

O'zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya Insituti Gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi bakalavr yo'nalishi va magistiratura mutaxassisligi talabalari muntazam ravishda iqtidorli talabalar ilmiy konferentsiyalarida turli ma'naviy – ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etib kelmoqdalar.

Bakalavr bosqichida tahsil olgan talabalar respublikamizda Oliy o'rta maxsus talim vazirligi tizimida mavjud kasb hunar muassasalarida, magistraturani tomomlaganlar esa mamlakatimizning insitutlarida ilmiy izlanishlarini olib borishi bilan birga oliy o'quv yurtilarida ta'lim – tarbiya soxasida faoliyat olib borish xuquqiga egalar. 

 

Kafedraning xalqaro aloqalari fanda erishgan yutuqlar

Gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi ilk bor ish faoliyatini olib borayotganda faqatgina gimnastika fani yo'lga qo'yilgan bo'lsa hozirgi kunga kelib. Badiiy gimnastika iqtisosligi bo'yicha ham ta'lim tizimi yo'lga qo'yilgan. Faxirlanarlisi shuki hozirgi kunda badiiy gimnakstika sport turiga yoshlarda qiziqish juda kuchli bo'lib juda ko'p qizlarimiz badiiy gimnastika bo'yicha turli musobaqalarda yurtimiz sharafini yuksaklarga ko'tarib kelmoqda.

Xozirda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya insititutida aynan gimnastika iqtisosligi bo'yicha nafaqat qizlar balki o'g'il bolalar ham qiziqish bilan ta'lim olib kelmoqdalar. Kafedrada o'z kasbining etuk ustalari va ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan pedagoglar ta'lim – tarbiya berib kelmoqdalar.




Ishonch telefoni
+99871 268-93-61
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar