O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Kamolot
Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
KARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Sentabr 2017    »
DuSeChPaJuShYa
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
O'zDJTI » Ma'lumotlar » Kamolot nima?

Kamolot nima?


Sana: 16-12-2013, 20:41       Ko'rishlar soni: 3005

O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati mamlakatimiz yoshlarini ixtiyoriylik, oshkoralik, huquq va majburiyatlar tengligi tamoyili asosida birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotidir. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining tashkil topishi – Prezident Islom Abdug‘anievich Karimov 2011-yil 24-yanvar kuni Toshkentda yoshlar masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda yoshlarning chinakam suyanchi bo‘la oladigan yangi tashkilot tuzish g‘oyasini ilgari surdi. 2011-yil 25-aprel kuni Toshkentda bo‘lgan yoshlar quriltoyida o‘zini-o‘zi boshqaradigan nodavlat, notijorat – O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi tasdiqlandi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish, sog‘lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o‘rnini egallashga ko‘maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yiit-qizlarning o‘z aql-zakovati, kuch g‘ayratini to‘la namoyon etishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchi bo‘lishdan iboratdir. Harakatning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar bo‘limlari, ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, huquq-targ‘ibot organlarida boshlang‘ich tashkilotlari tuzildi. Ular 14 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini o‘z saflarida ixtiyoriy ravishda birlashtirgan holda faoliyat ko‘rsatmoqda. Harakat o‘z safiga 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 5,5 mln O‘zbekiston yoshlarini birlashtiradi.

Harakatning asosiy maqsadi – mamlakatimiz yoshlarini ozod va obod Vatan yaratishdek ulug‘ maqsad yo‘lida birlashtirish, milliy g‘oyamizga tayangan holda mustaqil O‘zbekistonning jismonan sog‘lom, ma’naviy etuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni, bozor iqtisodiyoti asoslarini chuqur egallagan yoshlarni voyaga etkazishga har tomonlama ko‘maklashish, o‘sib kelayotgan avlodning inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lashga, xalqimizning obro‘si va nufuzini, yurtimizning shon-shuhratini oshirishga xizmat qiladigan uzoq muddatli keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlashdan iboratdir.

Harakatning tashkiliy negizi – boshlang‘ich tashkilotdir. Boshlang‘ich tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga muvofiq Harakatning tuman va shahar bo‘limlariga birlashadilar. Boshlang‘ich tashkilot kamida besh nafar Harakat a’zosining xohishiga asosan, ularning yig‘ilishi qarori bilan tuziladi. Harakatga a’zolik yoshidagi yigit-qizlar o‘z qiziqishlari bo‘yicha hamda turli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish maqsadida Harakat tizimlari qoshida tuziladigan turli klublar va markazlarda birlashishlari mumkin.

Harakatning tuman va shahar bo‘limlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlariga birlashadilar.




Ishonch telefoni
+99871 268-93-61
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar