O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Kamolot
Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
KARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Iyul 2017    »
DuSeChPaJuShYa
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31 
O'zDJTI » Ma'lumotlar » Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo'limi

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo'limi


Sana: 2-04-2014, 19:13       Ko'rishlar soni: 5392

K.R.Mamadaliyev “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo'limi”da 2015 yildan bo`lim boshlig`i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

E-mail: kmamadaliyev@umail.uz, kmamadaliyev@mail.ru

Tel.:268-93-36

 

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta'limning eng yuqori darajasi, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy printsiplari sifatida alohida ko'rsatib o'tilgan. Shunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 martdagi 07/02-1-6-sonli topshirig'i asosida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo'limi” tashkil etildi.

K.R.Mamadaliyev – 2015 yildan boshlab "Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo'limi" boshlig'i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Bu tizimdan ko'zlangan asosiy maqsad – avvalo, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini takomillashtirish, uzluksiz ta'limning o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida ta'lim-tarbiya, o'quv-uslubiy jarayonlar, adabiyotlar va axborot ta'minoti sifatini oshirish hamda pedagog kadrlar bilan ta'minlanishi va ularning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan. Bunda institut o'z oldiga o'quv fanlarini mutaxassisligi va malakasiga xos o'qituvchilar bilan ta'minlash, o'quv adabiyotlari hamda kafedralarning o'quv uslubiy ishlanmalaridan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limida foydalanish uchun imkoniyatlarni yaratish, hamkorlikda o'quv adabiyotlari, uslubiy qo'llanmalar, pedagogik texnologiyalar yaratish hamda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida ta'lim sifatini oshirishga institut professor-o'qituvchilarining salohiyatini jalb etish kabi vazifalarni belgilab qo'ygan.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2011 yil 14 martdagi “O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga amaliy uslubiy yordam ko'rsatish yuzasidan oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish to'g'risida”gi 109-sonli buyrug'iga binoan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga Respublika olimpiya zahiralari kolleji va Yu.Rajabiy nomli Toshkent pedagogika kolleji biriktirilgan. Shuningdek, respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan Olimpiya zahiralari kollejlari hamda bolalar va o'smirlar olimpiya zahiralari sport maktablari bilan ham o'zaro yordam va hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Mazkur ta'lim muassasalarida ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashga qaratilgan hamkorlik ishlari quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi:

  • tashkiliy-boshqaruv ishlar bo'yicha;
  • o'quv-uslubiy ishlar bo'yicha;
  • ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha;
  • kadrlar tayyorlash va malaka oshirish ishlari bo'yicha;
  • ma'naviy-ma'rifiy va sport ishlari bo'yicha.

Tashkiliy-boshqaruv ishlar bo'yicha – kollejlarning o'quv jarayoniga institutning 15 ta professor-o'qituvchilari jalb qilindi. Bu ko'rsatkich oldingi o'quv yiliga nisbatan 50 foizga oshgan. Qolaversa, kollejlarda institutning mutaxassis chiqaruvchi kafedralarining filiallari tashkil etilgan bo'lib, kafedralarning aksariyat professor-o'qituvchilari jadval asosida ochiq darslar, seminarlar va treninglar o'tkazib kelmoqda. Shuningdek, institutning etakchi professor-o'qituvchilari o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limida Davlat bitiruv imtihonlarida muntazam ishtirok etib kelmoqdalar.

O'quv-uslubiy ishlar bo'yicha – joriy o'quv yilida 14 ta kollej va 5 ta oliy ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi. Ularda institutning bakalavr ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan 4-bosqich talabalarining pedagogik amaliyotlari tashkil qilinmoqda.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o'quv adabiyotlarni yaratish bo'yicha Hukumat komissiyasining bayonnomasiga binoan kasb-hunar kollejlariga mo'ljallangan maxsus fanlardan bir qator o'quv adabiyotlari yaratilgan bo'lib, ular kollejlarning Axborot resurs markazi fondiga topshirilgan.

Ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha – institut professor-o'qituvchilariga 4 nafar kollej o'qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun biriktirilgan. Joriy o'quv yilida institut professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda 50 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, ilmiy maqolalar, tezislar va taqrizlar amalga oshirilgan. 
Kadrlar tayyorlash va malaka oshirish ishlari bo'yicha – kollej o'qituvchilarining malakasini oshirish rejasi ishlab chiqilgan bo'lib, u amalda tatbiq qilinmoqda. Institut axborot texnologiyalari markazi tomonidan kollej o'qituvchilarining o'quv fanlaridan elektron ta'lim resurslari va prezentatsiya materiallarini yaratishda amaliy yordam ko'rsatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ma'naviy-ma'rifiy va sport ishlari bo'yicha – o'tgan o'quv yillar mobaynida kollejlar bilan bir qator tadbirlar o'tkazildi. Ularda institut rahbariyati hamda professor-o'qituvchilari faol ishtirok etdilar. Shu bilan birgalikda kollej o'quvchilari orasidan iqtidorlilari saralanib institut negizida tashkil qilingan qator sport va fan to'garaklariga jalb qilib kelinmoqda.

Bo'limning kelgusi faoliyatida ikki tomonlama tuzilgan hamkorlik shartnomalarida belgilangan vazifalarni to'liq amalga oshirish, kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini qo'llash asosida ilg'or pedagogik texnologiyalarni egallashlari uchun sharoitlar yaratish, ularda interfaol ta'lim uslublarini o'quv jarayoniga joriy etish bo'yicha to'plangan ilg'or tajribalarni ommalashtirish rejalashtirilgan.




Ishonch telefoni
+99871 268-93-61
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar