Kafedra mudiri:
Bobur Rasulovich Vafoev
E-mail: informatika@uzdjti.uz
1985-yili birinchi marotaba Institut qoshida «Sport metrologiya, biomexanika va hisoblash asoslari kafedrasi» tashkil etilgan. Birinchi kafedra mudiri fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Radostin B.N. bo`lgan. Kafedrada quyidagi:
-sport metrologiyasi,
-hisoblash asoslari,
-komp’yuter texnikasi,
-biomexanika fanlari bo`yicha mashg’ulotlar olib borilgan.
Keyingi yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Isakulov E.I. (1990-1992 yillar), dotsent Axmedov B.A. (1992-1993 yillar), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Talipdjanov A.I. (1993-1995 yillar), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Kasimbekov Z.T. (1995-1999 yillar), biologiya fanlari nomzodi, dotsent Safarova D.D. (2000-2002 yillar), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Akramov J.A. (1999-2000 yillar), fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Nurmuxamedov A.M.(2002-2006 yillar), fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Xodjaev M.S. (2006-2008 yillar), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Umarov D.X. (2008-2010 yillar) kafedra faoliyatini boshqarib kelganlar. Hozirgi kunda kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, Musaev B.B. rahbarlik qilmoqda.
2002 – yildan «Sport metrologiyasi, biomexanika va anatomiya kafedrasi», «Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi» deb atala boshlangan.
Kafedrada 1990-yilda «Sport kibernetikasi» ixtisosligi ochilgan bo`lib, faoliyat bo`yicha 50 nafardan ziyod oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlandi va ular Respublikamiz hududlarida va xorijda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqdalar.
Hozirgi kunda kafedrada quyidagi:
-«Informatika va axborot texnologiyalari»,
-«Biomexanika»,
-«Sport inshootlari»,
-«Ta`limda axborot texnologiyalari»,
-«Sport metrologiyasi»,
-«Axborot tizimlari»,
-«Sport natijalariga matematik-statistik ishlov berish»,
-«Sport inshootlarining ekspluatatsiyasi» fanlari bo`yicha ma`ruza va amaliy mashg’ulotlar olib borilmoqda.
Kafedra a`zolari tomonidan 13 nafar darslik va o`quv qo`llanmalar, 100 nafardan ziyod uslubiy qo`llanma va tavsiyanomalar hamda 600 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan.
Kafedra auditoriyalari zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan bo`lib, institut talabalari ulardan foydalanib o`z bilimlarini boyitib bormoqdalar. Informatika va boshqa fanlar bo`yicha to`laqonli ta`lim berish jarayonini tashkil etish uchun kafedrada bir qator kompyuter dasturlari ishlab chiqilgan va talabalar uchun elektron darsliklar hamda o`quv qo`llanmalar yaratish rejalashtirilmoqda.
Kafedra tashabbusi bilan institutda ma`lumotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatishni qog’ozsiz texnologiyasiga hamda ta`limning yangi texnologiyalariga o`tish uchun informatsion muhit yaratilgan. Yangi axborot texnologiyalari va axborot tizimlari asosida simsiz tarmoq va internetga ulanish kabilarni takomillashtirish va o`quv jarayoniga tadbiq qilish ustida muntazam ish olib borilmoqda. Institutning istiqbol rejasiga asosan kafedrada o`qitiladigan fanlar bo`yicha talabalarning qoldiq bilimlarini tekshirishga mo`ljallangan test topshirish dasturlarini tajribaviy namoyish versiyalari tuzilmoqda. SHuningdek fanlardan oraliq va yakuniy nazoratlarni test olish uslubi orqali amalga oshirilmoqda. Fanlar bo`yicha O`quv-metodik majmualarning elektron versiyalari («Elektron darslik-O`UM») masofaviy ta`limning elementi sifatida tashkil etilmoqda.
So`nggi 30 yil davomida kafedrada quyidagi fan doktorlari, professorlar: Allamuratov SH.I., Sulaymanov S.S., Yuldasheva M.N.; fan nomzodlari, dotsentlar: Axmedov B.A., Kanakova L.P., Faktorovich L.M., Xasanova L.N., Nurmuxamedov A.M., Akbarov A., Xodjaev M.S., Tangabaev A.A., Umarov D.X., Sobirov Z., Saidova R., Giyasova F., Musayev B.B.,. Nishanova SH.M., Vafoyev B.R.; katta o`qituvchilar: Tolametov A.A., Xasanova S.A., Ibragimova S.B., CHastoedova A.Y., Gerasikov A.N., Adasheva M.U., Kazakov R.T.; o`qituvchilar: Askarova A.R., Gerasikova E.N., Nazirov T.Z., Muxammadiev D.F., Jumanova S.G’., Alieva N.M., Xaydarova N.R., Axmedova I.N., Tursunov O`., Payozov M., Mamadaliev K.R., Chulliyev S.I., Bekchanov F.SH., Maxkambayev A.M., Axmedova N.B., Pulatova D.D. ishlaganlar va ishlab kelmoqdalar.






