
Arzikulov Dilshod Ne’matovich 2012 yildan “Gimnastika va sport psixologiyasi” fakul’tetining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri. Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
E-mail: psixologiya@uzdjti.uz
Kafedra tarixi. O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Gimnastika sport psixologiyasi fakul’teti tarkibidagi “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 1958 yili tashkil etilgan bo’lib, kafedraning birinchi rahbari A.M.Muhamedovdir. 1959 yildan 1962 yilgacha V.G. Sharov kafedrani boshqargan.
1962 yildan 1971 yilgacha pedagogika fanlari nomzodi, dotsent L.E. Lebedyanskaya “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritdi. U respublikamizda birinchi bo’lib o’quv jarayoniga “Sport psixologiyasi” fanini kiritdi, mazkur fan bo’yicha ta’lim berish yuzasidan metodologik asosni ishlab chiqdi, kafedraning shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdi. L.E. Lebedyanskayaning mehnati samarasi natijasida yuksak malakali mutaxassislar hamda murabbiy-o’qituvchilar guruhi etishib chiqdi.
1972 yildan 1978 yilgacha pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.A.Yax’yarov kafedrani boshqardi. 1978 yildan 2012 yilgacha bir necha tanaffus bilan pedagogika fanlari nomzodi, professor Z.G.Gapparov, 1986-1987 va 2001-2003 yillari biologiya fanlari nomzodi, dotsent M.A.Tursunova kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritdilar.
2011- 2012 o’quv yilida psixologiya fanlari nomzodi U.Qodirov kafedra mudiri vazifasini bajargan. 2012 – 2013 o’quv yilidan buyon psixologiya fanlari nomzodi, dotsent D.N. Arzikulov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedra tashkil etilgan davrdan beri O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi F.N.Nasriddinov, pedagogika fanlari doktori, professor I.R.Ahmedov, pedagogika fanlari nomzodlari, dotsentlar A.A. Azimov, N.I. Ivanova, U.S.Temirova, psixologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar U.D. Qodirov H.T.Mahmudova, O.E.Hayitov, o’qituvchilar Z.T. Sayitmetova, L.L. Kurishkina, T.P. Predibaylo, D.B. Vaxobova, D.R.Qudratova, D.B.Qosimova, Sh.Sh.Usmanova, G.S.Alixodjaeva, A.U.Haitov, Yu.B. Rahimboeva, Z.P. Rasulov, J.M.Ishtaevlar talaba-yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, kafedraning tashkiliy tuzilmasini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ilg’or an’analarni davom ettirishga munosib hissa qo’shdilar va bu jarayon davom etmoqda.
Kafedra professor-o’qituvchilari bakalavriat bosqich talabalariga “Umumiy psixologiya”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Sport psixologiyasi”, “Kasbiy psixologiya”, “Sport psixodiagnostikasi”, “Psixologiya va sport psixologiyasi”, “Yosh va pedagogik psixologiya”, “Pedagogika va sport pedagogikasi”, “Pedagogik texnologiya”, “Kasbiy pedagogika” va “Pedagogik mahorat” kabi fanlaridan, magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarga “Sport psixologiyasi”, “Sport pedagogikasi”, “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” fanlari bo’yicha ta’lim berib kelishmoqda. Shu bilan birga institut malaka oshirish fakul’teti tinglovchilari, ya’ni Respublikamizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari, sport turlari bo’yicha murabbiylarga ham ma’ruzalar o’qilmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan hozirgi kungacha 500 dan ortiq darslik, monografiya, o’quv-uslubiy qo’llanma, ilmiy maqola va tavsiya, elektron adabiyotlar yaratilgan va nashr etilgan. Kafedrada 2009 yili “Sport psixologiyasi” mutaxassisligi ochildi. Hozirgi kunda 98 nafar talaba mazkur yo’nalish bo’yicha ta’lim olmoqda. Kafedra tashkil bo’lgandan buyon 5 nafar o’qituvchi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ayni vaqtda kafedra o’qituvchilaridan 6 nafari doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Turli sport federatsiyalari bilan shartnomalar tuzib, sportchilarga psixologik-pedagogik yo’nalishda maslahatlar berish, psixokorrektsion, psixodiagnostik ishlarni amalga oshirish borasida ham muayyan natijalarga erishilmoqda.
Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar tarkibi.
№
|
F.I.Sh.
|
Lavozimi
|
Unvoni
|
Tug’ilgan yili
|
1
|
Arzikulov Dilshod Ne’matovich
|
Kafedra mudiri
|
Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
|
02.09.1970
|
2
|
Gapparov Zoxid Gapparovich
|
Professor
|
Pedagogika fanlari nomzodi,
professor
|
04.05.1942
|
3
|
Axmedov Ismoil Rezaevich
|
Professor
|
Pedagogika fanlari doktor,
professor
|
04.03.1951
|
4
|
Tursunova Malika Abdulxaevna
|
Dotsent
|
Biologiya fanlari nomzodi,
dotsent
|
25.12.1948
|
5
|
Maxmudova Xulkar Tilabovna
|
Dotsent v.b.
|
Psixologiya fanlari nomzodi,
dotsent
|
24.03.1968
|
6
|
Predibaylo Tat’yana Petrovna
|
Katta o’qituvchi
|
Katta o’qituvchi
|
08.01.1959
|
7
|
Usmanova Shaxlo Shavkatovna
|
Katta o’qituvchi
|
Katta o’qituvchi
|
07.12.1969
|
8
|
Vaxabova Dilrabo Baxtiyarovna
|
O’qituvchi
|
O’qituvchi
|
16.11.1973
|
9
|
Alixodjaeva Gulboxor Sobirovna
|
O’qituvchi
|
O’qituvchi
|
25.10.1965
|
10
|
Xaitov Abror Urolovich
|
O’qituvchi
|
O’qituvchi
|
09.07.1983
|
11
|
Rahimboeva Yulduz Baxtiyorovna
|
O’qituvchi
|
O’qituvchi
|
11.06.1987
|
12
|
Hayitov Oybek Eshboevich
|
Dotsent 0,5
|
Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
|
14.02.1977
|
13
|
Rasulov Zokir Pardaevich
|
Katta o’qituvchi 0,5
|
Katta
o’qituvchi
|
24.06.1984
|
14
|
Sirliev Erkin Nazarovich
|
O’qituvchi
|
O’qituvchi
|
28.11.1983
|
15
|
Ishtaev Javlon Mavlonovich
|
O’qituvchi
|
O’qituvchi
|
14.04.1986
|
16
|
Yoqubova Dilafruz Mirjabborovna
|
O’qituvchi
|
O’qituvchi
|
18.10.1980
|
17
|
Haydarov Farhod Irnazarovich
|
O’qituvchi
|
O’qituvchi
|
13.09.1982
|
Kafedra faoliyatidagi yutuqlar. Kafedramizda 2009 yilda “Sport psixologiyasi” ta’lim yo’nalishi ochildi. Hozirgi kunda mazkur ta’lim yo’nalishida 100 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. O’tgan davr mobaynida talabalarimiz ko’plab yutuqlarga erishib kelmoqda. Jumladan:
- Mo’minova Nafisa Alisherovna shaxmat bo’yicha Respublikada birinchilardan bo’lib FIDE tomonidan ayollar o’rtasida “Halqaro grossmeyster” unvoni, Prezidentimizning 03.12.2013 yildagi farmoniga muvofiq “O’zbekiston iftixori” faxriy unvoniga sazovor bo’ldi.
- Alovitdinov Boburxon Ilg’or o’g’li, Ne’matov Eldor Ravshanbek o’g’li hamda Xoroshev Nikita Vyacheslavovichlar ham Respublika va jahon chempionatlarida ishtirok etib nufuzli o’rinlarni egallab kelmoqdalar.
Kafedra aloqalari. “Olimpiya zahiralari kolleji”, “O’zbekiston boks federatsiyasi”, “O’zbekiston belbog’li kurash federatsiyasi”, “O’zbekiston psixologlar assotsiatsiya”si, TDPU bilan o’zaro hamkorlik ishlari amalga oshirib kelmoqda.
Kafedraning xalqaro aloqalari. Kafedra“Rossiya davlat sport akademiyasi” (2010) hamda “Ukraina milliy jismoniy tarbiya va sport universiteti” (2011) bilan aloqa qilib kelmoqda.
Kafedraning magistratura va bakalavriat hayotidagi o’rni. Magistratura va bakalavriat ta’lim yo’nalishi tashkil etilgandan buyon kafedrada yangi fanlarni o’qitish joriy etila boshlandi. Jumladan: Magistratura mutaxassisligida “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat”, Sport pedagogikasi”, “Sport psixologiyasi” fanlari o’qitilib kelinayotgan bo’lsa, bakalavriat ta’lim yo’nalishining Sport o’yinlari, “Futbol”, “Yakkakurash”, “Ko’pkurash” va “Gimnastika va sport psixologiyasi” fakultetlarida “Pedagogika va sport pedagogikasi”, “Psixologiya va sport psixologiyasi” fanlari o’qitilmoqda.
Bundan tashqari “Ko’pkurash fakul’teti”da “Kasbiy ta’lim” yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarga “Kasbiy pedagogika”, “Kasbiy psixologiya”, “Ta’limda axborot texnologiyalari”, “Ta’lim texnologiyalari” va “Pedagogik mahorat” kabi fanlardan dars mashg’ulotlari olib boriladi.
“Gimnastika va sport psixioliyasi” fakul’tetida kafedra tayanch kafedra hisoblanib, Psixologiya (sport) ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarga “Umumiy psixologiya”, “Yosh va pedagogik psixologiya”, “Sport psixologiyasi”, “Mehnat psixologiyasi”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Sport psixodiagnostikasi” va “Sport pedagogik mahoratini oshirish” fanlaridan dars mashg’ulotlari olib boriladi.
Kafedra to’garaklar. Iqtidorli talabalar bilan “Yosh pedagog-psixologlar” to’garagi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Mazkur to’garak ikkita “Pedagogika” hamda “Psixologiya” yo’nalishlarida, o’zining qat’iy tuzilgan ish rejasi asosida samarali tashkil etilib kelinmoqda.
Kafedra faxrlari. N.A. Yahyorov, L.E. Lebedyanskaya, F.N. Nasriddinov, A.A. Azimov, N.I. Ivanova, Z.G. Gapparov M.A. Tursunova, Z.T. Sayitmetovalardir.