O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

Bosh menyu
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Axborot ta'lim portali


Elektron akademiya


Usport.uz
Utube.uz


Fikr.uz


Tanlov.uz


Kamolot
Pedagogik amaliyot
Elektron kutubxona
KARMAT
Interaktiv xizmatlar
Fan-sport
ModeHEd
Ob-havo
Kalendar
«    Sentabr 2017    »
DuSeChPaJuShYa
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
O'zDJTI » Ma'lumotlar » Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi

Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


Sana: 22-01-2014, 13:17       Ko'rishlar soni: 4775

 

NURIMOV RAXMANBERDI IGAMBERDIEVICH - kafedra mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, professor. 1949 yil 4 yanvarda Toshkent shahrida tugilgan.

1966-1970 yillarda O`zbekistan davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi.

1970 yildan O`zbekistan davlat jismoniy tarbiya instituti futbol va qo`l to`pi kafedrasi o`qituvchisi, katta o`qituvchisi, dotsenti. 1975-1978 yillarda Moskva shahrida BJTITI aspiranturasida o`qib, 1982 yilda nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildi. 1987 yildan esa "Futbol nazariyasi va uslubyati" kafedrasining mudiri. O`zbekiston Chempionati Oliy ligasi inspektori. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi instruktori.

O`zbekiston Respublikasi Futbol federatsiyasi inspektorlar komiteti a'zosi. Kafedra mudirligi bilan bir katorda futbol bo`yicha murabbiylar va xakamlar Respublika maktabi direktori xisoblanadi. 100 dan ortik; ilmiy ishlari chop etilgan. Jumladan, 2 ta darslik va 10 ta o`quv-qo`llanmasi muallifi.

E-mail: futbol@uzdjti.uz 

Telefon: 268-93-20

 

KAFEDRA TARIXI

 

Futbol va qo`l to`pi kafedrasiga 1960 yilda asos solindi. Bungacha futbol xamda qo`l to`pi ixtisosliklari sport o`yinlari kafedrasi tarkibiga kirar edi.

1955 yildan 1960 yilgacha sport o`yinlari kafedrasida futbol va qo`l to`pi bo`yicha mashg`ulotlarni

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan trenerlar E.A.Aminov, N.P.Fedorchenko hamda o`qituvchilar V.B. Sevastyanov, V.M. To`raxo`jaev olib borar edilar.

Kafedraning tashkil etilishida pedagogika fanlari nomzodi, dotsent G.M. Sergeevning xizmatlari katta, u 1960 yildan 1979 yilgacha mazkur kafedraning birinchi rahbari sifatida faoliyat ko`rsatdi.

1979 yildan 1987 yilgacha kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent R.A.Akramov mudirlik qildi, 1987 yildan esa uni pedagogika fanlari nomzodi, dotsent R.I.Nurimov boshqarib kelmoqda.Shu yillar mobaynida uquv-tarbiya, ilmiy- tadqiqot ishlarini kafedra uqituvchilari:       B. Asanov, F.A.Imomxo`jayev, A. Klimov, A. Lukin, A. Myagkov, Sh. Abidov, V. Rasulov, M. Sodiqov, V. Svetachev, I.Toshmuxamedov, I. Shelyagina, N. Yusupov, M. Kidirov, O. Kurbonov, muvaffaqqiyat bilan amalga oshirib keldilar. Kafedra faoliyat kursatayotgan davr ichida R.Akramov, I.A. Koshbaxtiev, E.A.Seytxalilov, J.Akramov,R. Nurimov, A. Tolibjonov  pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olib, professor unvoniga sazovor bo`ldilar, shuningdek F. Abduraxmonov, , B. Asanov, Sh. Iseev, V. Izaak , Sh. Pavlov, A. Rivkin, O. Sodiqov, G. Sergeev, , I. Shelyagin, O Ataev singari fan nomzodlari, dotsentlar tayyorlandi.

2011-2012 o`quv yilidan boshlab "Futbol nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi deb nomlangan.

 

KAFEDRA FAXRLARI

 

SERGEEV GENNADIY MIXAYILOVICH - pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

 15 iyun 1930 yilda Toshkent shaxrida tug`ilgan. 1952 yilda Olmatadagi umumqo`shin chegarachilar bilim yurtini tug`atgan. 1956- 1960 yillarda O`zDJTIda o`qidi. 1959 yildan uqituvchi, 1961 yildan sport o`yinlari kafedrasida katta o`qituvchi. 1966-1979 yillarda futbol va qo`l to`pi kafedrasi mudiri. 1979 yil nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildi. 1979-1981 yillarda trenerlik fakulteti dekani.

Institut va O`zbekiston futbol federatsiyasida jamoat ishlarini olib borgan. O`zbekiston  chempionatlari va Kubok musobakalarida inspektor sifatida faoliyat yuritdi. Uning raxbarligi ostida institut terma jamoasi "Burevestnik" KSJ musobaqalarida bir necha bor g`olib bo`lgan.

 

 

AKRAMOV RUSTAM AKRAMOVICh - pedagogika fanlari nomzodi, professor, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan murabbiy. 1948 yil 11 avgustda Toshkent viloyati Yangibozor kishlog`ida tug`ilgan.

1970 yil O`zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan xamda futbol va qo`l to`pi kafedrasi uqituvchisi lavozimiga ishga kabul qilingan.

1972-1975 yillarda Moskva shaxridagi jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasida tahsil oldi. 1978 yili nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildi.

1975 yildan O`zDJTIda uqituvchi, 1978 yildan esa futbol va qo`l to`pi kafedrasi mudiri.

1992-1994 yillarda – O`zbekiston milliy terma jamoalari bosh murabbiyi.                                                                                                                                19

1992-1994 yillarda – O`zbekiston milliy terma jamoalari bosh murabbiyi.                                                                                                                                1994 yilda uning raxbarligi ostida O`zbekiston terma jamoasi Yaponiyada XII Osiyo o`yinlari g`olibi bo`ldi.

1995 yildan boshlab Osiyo Futbol Konfederatsiyasida ish- laydi, uning tomonidan xindiston, Nepal, Maldiv orollari davlatlari futbol jamoalariga murabbiy etib tayinlandi xamda Janubiy Osiyo davlatlari futbolini rivojlantirish bo`yicha ekspert lavozimida xam ish olib bordi.

2000 yilda Markaziy Osiyo davlatlariga futbolni rivojlantirish bo`yicha raxbar etib yuborildi.So`nggi yillar mobaynida R.A. Akramov - FIFAning texnik komiteti a'zosi va murabbiylarni uqitish bo`yicha FIFA instruktori.

R.A. Akramov 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, ulardan sakkiztasi o`kuv-uslubiy ko`llanmalar va bittasi - "Futbol" darsligi.

Xukumat tomonidan "Shuxrat" medali bilan takdirlangan, FIFAning oltin nishonini olishga muyassar bo`lgan.

 

 IMOMXUJAEV AXBOR RUSTAMOVICh – O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar                murabbiysi, Respublika toifasidagi xakam. 1936 yil 19 fevralda Toshkent shahrida dunyoga kelgan.

1954-56 yillarda Toshkent viloyati pedagogika bilim yurtida xamda jismoniy tarbiya o`qituvchilarini tayyorlovchi kurslarda taxsil olgan.

O`zDJTIni 1963 yilda imtiyozli diplom bilan tugatdi. Institutda 1964-1974 yillarda ishlagan.

1974 yildan xozirgi vaqitgacha O`zbekistonda futbolni rivojlantirish bilan shug`illanmoqda.

O`zbekiston sport qo`mitasida, Davlat teleradiokompaniyasida, "Sport" hamda "O`zbekiston futboli" gazetalari taxririyatida, O`zbekiston Futbol federatsiyasida mas'ul lavozimlarni egallagan.

Futbolga oid ko`pgina kitoblar va maqolalar muallifi. "Shuxrat" medali xamda "Xalq ta'limi a'lochisi" unvonlariga sazovor bo`lgan.

2007 yilda "Oltin qalam" Respublika milliy mukofoti bilan taqdirlangan.

 

            TALIPDJANOV ASQAR IMAMDJANOVICh - pedagogika fanlari nomzodi, professor. 1954 yil 13 martda Toshkent shahrida tug`ilgan.

1972-1976 yillarda O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi

1976-1989 yillarda O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti ilmiy xodimi, o`qituvchi, katta o`qituvchi            

1989-2010 yillarda "Paxtakor" futbol klubi ilmiy murabbiyi, jamoa boshlig`i, klub pezident 

o`rinbosari

2010 yildan va hozirgi vaqtda -  Futbol bo`yicha O`zbekiston terma jamoalar markazi direktorii, 2012 yildan va hozirgi vaqtda – O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining "Futbol nazariyasi     va  uslubiyati" kafedrasi tashqi o`rindosh dotsenti.

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganligi - 1990 y. "O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan murabbiyi",  2007 y. "Shuxrat" medali, 2008 y. "Xalq ta'limi a'lochisi", 2011 y. "O`zbekiston mustaqilligiga 20 yil" ko`krak nishoni

 

ISEEV ShAMIL TAGIROVICh - pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 1956 yil 10 iyunda Farg`ona viloyatining Toshloq tumanida tug`ilgan.

1977 yilda O`zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. 1985 yilda Moskva shaxridagi BJTITI aspiranturasini tugatib, nomzodlik dissertatsiyasini ximoya kilgan. O`zDJTIda mexnat faoliyatini 1977 yildan boshlagan. 1977-2004 yillarda futbol va qo`l to`pi kafedrasida o`qituvchi, katta o`qituvchi, dotsent. 2002-2004 yillarda sport o`yinlari fakulteta dekani.

1985-2004 yillarda O`zbekistonning barcha terma jamoalari va "Paxtakor" klubini ilmiy jixatdan ta'minlash bo`yicha murabbiy bo`lgan. 50 dan ziyod ilmiy-uslubiy ishlar, ilmiy maqolalar, o`quv qo`llanmalari muallifi.

 

KURYAZOV RO`ZIMAT - Kafedraning katta o`qituvchisi. 08.01.1960 yil 08 yanvarda Xorazm viloyati, Xiva shaxrida tug`ilgan.

1977-1978 yillarda Xiva shaxrida elektromontyor, 1978-1981 yillarda Xarbiy xizmatda

1981-1982 yillarda "Ipak" fabrikasida ishchi, 1982-1986 yillarda "Xiva" futbol komanda o`yinchisi, 1986-1987 yillarda Xorazm "Paxtakor" futbol klubi a'zosi, 1987-1988 yillarda "Xonqa" futbol komanda o`yinchis, 1988-1989 yillarda Bolalar va o`smirlar sport maktabi futbol bo`yicha murabbiy, 1989-1990 yillarda 2-sonli sport maktabi murabbiy, 1996-1999 yillarda Xiva shaxri "Talamchi" futbol komanda murabbiyi, 1999-2004 yillarda "Xorazm-2003" futbol komanda bosh murabbiyi, 2004-2008 yillarda O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti "Futbol va qo`l to`pi" kafedrasi o`qituvchisi, 2008 yildan va xozirgi vaqtda  O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining "Futbol nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi katta o`qituvchisi

 

MAKSUMOV AVAZ PARXATOVICH - Kafedraning katta o`qituvchisi.

1969 yil  17 avgust Toshkent shaxrida tug`ilan. 1986-1992 yillarda Toshkent davlat politexnika universiteti talabasi.

1988-1989 yillarda Xarbiy xizmatda, 1992-2002 yillarda "Tekstilshik" futbol jamoasi murabbiyi, 1995-2001 yillarda "Shayxontoxur-Trast" futbol jamoa o`yinchisi, 2002-2003 yillarda Toshkent davlat jismoniy tarbiya instituti futbol bo`yicha trenerlar oliy maktabi, 2003-2006 yillarda Toshkent shaxar futbol Federatsiyasi mas'ul kotibi, 2006 yilda Toshkent shaxar "Olimpik" ayollar futbol jamoasi murabbiyi, 2006-2009 yillarda O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi, 2006-2010 yilda O`zbekiston mini-futbol assotsiatsiyasi ijrochi direktori, 2013 yildan "O`zbekiston terma" xamda "Bunyodkor"  ayollar futbol jamoasi murabbiyi bo`ib ish olib bormoqda.

2010 yildan  O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti "Futbol nazariyasi va uslubiyati"

kafedrasi tashqi o`rindosh sifatida katta o`qituvchisi lavozimida ish olib bormoqda.

 

IRMATOV RAVSHAN SAYFIDDINOVICH - Kafedraning katta o`qituvchisi. 09.08.1977yil  09 avgustda Toshkent shaxrida tug`ilgan.

1994-1998 yillarda O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi. 1996-1999 yillarda "Respublika oliy sport futbol masteri maktabi" sport klub futbol murabbiyi, 1999-2000 yillarda Jismoniy tarbiya sport jamiyati futbol murabbiyi, 2000-2002 yillarda O`zbekiston Futbol Federatsiyasi xalqaro markazi murabbiyi, 2002-2008 yillarda O`zbekiston Futbol bo`yicha sport maxoratini oshirish oliy maktab instruktori, 2008-2009 yillarda "Respublika oliy sport futbol masteri maktabi" sport klub futbol murabbiyi.

2010 yildan va hozirgi vaqtda O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining "Futbol nazariyasi va  uslubiyati" kafedrasi katta o`qituvchisi

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganligi - 2010 y. "O`zbekiston iftixori"

 

"FUTBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI"

KAFEDRASI PROFESSOR – O`QITUVCHILARINING TARKIBI 

 

F.I.Sh

Tug`ilgan yili

Lavozimi

 
 

Nurimov R.I

1949

Kafedra mudiri

 

Koshbaxtiev I.A.

1941

Professor

 

Iseev Sh.T.

1958

Professor

 

Talipjanov A.I

1958

Professor

 

Akramov R.A.

1948

Professor

 

Abidov Sh.U.

1967

Dotsent

 

Kuryazov R

1960

Katta o`qituvchi

 

Yusupov N.M

1978

Katta o`qituvchi

 

Turdiboev I.X.

1971

Katta o`qituvchi

 

Artikov A.A

1980

Katta o`qituvchi

 

Lushachyov V. V

1979

Katta o`qituvchi

 

Davletmuratov S. R

1981

Katta o`qituvchi

 

Irmatov R.S.

1977

Katta o`qituvchi

 

Maksumov A.P.

1969

Katta o`qituvchi

 

Nurmatov M X

1971

Katta o`qituvchi

 

Shermuxammedov  A.T.

1979

Katta o`qituvchi

 

Maxamadjonov F.R.

1985

Katta o`qituvchi

 

Saidqosimov M.

1979

o`qituvchi

 

Alimjanov S I

1979

o`qituvchi

 

Shaymardanov D.B

1979

o`qituvchi

 

Bekturov O. Yo

1980

o`qituvchi

 

Rasulov A.

1976

o`qituvchi

 

Karimov A. A.

1982

o`qituvchi

 

Akramov B. N

1983

o`qituvchi

 

Siyanov Yu.V.

1984

o`qituvchi

 

Po`latov S.

1985

o`qituvchi

 

Shukurova Sh.

1986

o`qituvchi

 

Bobomurodov B.

1986

o`qituvchi

 

Pirnazarov S.Sh.

1986

o`qituvchi

 

Mirzaqulov A.G.

1988

o`qituvchi

 

To`laganov A.

1987

o`qituvchi

 

Pirmatov O.

1988

o`qituvchi

 

 

 

KAFEDRA   A`LOQALARI

 

O`zbekiston Respblikasi " ta'lim to`g`risida"gi qonuni va "kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" talablarni amalga oshirishda Oliy ta'lim va o`rta maxsus kasb xunar ta'limining uzviyligini ta'minlash, ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy pedogogik kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishni takomillashtirish xamda mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalari (bakalavriat v magistratura)da tahsil olayotgan talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga kengroq jalb etish, ta'lim bilan fanning samarali integratsiyasini ta'minlash, ta'lim muassasalarida ilm-fanni jadal rivojlantirish va shu asosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iboratdir

O`zDJTI ning "futbol nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi  "Anatomiya va fiziologiya" kafedrasi o`rtasidagi ilmiy-uslubiy xamkorlik. Muddat 2011-2015 - yillargacha

O`zDJTI ning "futbol nazariyasi va uslubiyati"  kafedrasi  "Bioximiya va gigiena" kafedrasi

O`rtasidagi ilmiy-uslubiy xamkorlik. Muddat 2011-2015  yillargacha Respublika olimpiya zaxiralari kollejining "futbol bo`limi o`rtisidagi 2011-2015 yillarga mo`ljallangan ўquv-uslubiy, ilmiy -tadqiqot ishlari,  ilmiy-pedogogik kadrlar tayyorlash va ma'naviy-ma'rifiy soxalardagi xamkorlik.O`zDJTI ning "futbol nazariyasi va uslubiyati"  kafedrasi  Xamza tumanidagi futbolga ixtisoslashgan maktab internatiga mo`ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari, o`quv-uslubiy xamkorlik Muddat 2011-2015  yillargacha O`zDJTI ning "futbol nazariyasi va uslubiyati"  kafedrasi  O`zbekiston futbol federasiyasi bilan o`quv-uslubiy va tashkiliy-amaliy xamkorlik Muddat 2011-2015  yillargacha O`zDJTI ning "futbol nazariyasi va uslubiyati"  kafedrasi  O`zbekiston Mini-futbol assotsiatsiyasi bilan o`quv-uslubiy va tashkiliy-amaliy xamkorlik Muddat 2011-2015  yillargacha

 

KAFEDRANING XALQARO ALOQALARI

 

O`zDJTI futbol fakulteti futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shaxridagi P.F.Lesgoft nomidagi milliy Davlat jismoniy tarbiya universiteti, Ukraina Davlat   jismoniy tarbiya universiteti va Moskva shaxridagi jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqot instituti bilan jismoniy tarbiya va sport soxasida ilmiy izlanishlarni yo`lga qo`yish va kadrlarni malakasini oshirish hamda ilmiy seminar anjumanlarini tashkil etishda xamkorlik qilib kelinmoqda.

 

FANDA ERISHILGAN YUTUQLAR

 

Kafedra O`zbekiston futbol federatsiyasi, Mini futbol assotsiatsyasi, Paxtakor futbol akademiyasi, Terma jamoalar markazi bilan o`zaro bog`liklikda, doimiy tarzda faoliyat olib boradi. Xususan turli nufuzdagi futbol musobaqalardagi futbolchilarni tayyorgarlik xolatlarni o`rganish va taxlil qilishda, xamda futbolchilarni o`quv mashg`ulot yig`inlarida tayyorgarlik darajalarni o`rganish uchun, kafedraning barcha a'zolari majmuaviy ilmiy gurux tarkibida faoliyat olib borishadi.

Kafedraning  umumiy ilmiy tadqiqot mavzusi bo`lib, "Turli malakadagi va yoshdagi futbolchilarni tayyorgarligini takomillashtirishning ilmiy-pedagogik asoslari " xisoblanadi. Tegishli mavzuni  amalga oshirish  maqsadida, 2013 yilda quyidagi  o`quv uslubiy qo`llanmalar, maqola va tezislar chop etildi.

Mustaqillik yillarida kafedraning professor-o`qituvchilari tomonidan quyidagi o`quv adabiyotlari tayyorlanib talabalar, murabbiylar va malaka oshirish tinglovchilari, pedogogika oliy o`quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakulteti talabalari uchun foydalanishga topshirilib kelinmoqda.

Futbol Akramov R.A. Tax.ost.Darslik2006 y., Sport ўyinlari Futbol. Aliev M.B.o`quv qo`llanma.2007 y., Yosh futbolchilarni texnik taktik tayyorlash. NurimovR.I. o`quv qo`llanma.2005 y., Yuqori malakali futbolchilarni tayyorlash. Akramov R.A. Talipjanov A.I. o`quv qo`llanma 1994 y., Yosh futbolchilarni bosh bilan to`p oshirish va zarba barish aniqligini takomilashtirishning noan'aviy usullari. Qurbonov O.A. O`quv qo`llanma. 2008 y., Futbol.Kazakov P.N. tax. ost. Darslik.1981 y., Futbol. NurimovR.I. Uchebnik. 2005 g., Sovremennaya sistema podgotovki visokokvalifisirovannix futbolistov. Talipjanov A.I. Uchebnoe posobie.2011 G., Programmirovanie podgotovki futbolistov professionalnogo kluba "Levski". Koshbaxtiev I.A. Uchebnoe posobie. 2002 g., Sovershenstvovanie tochnosti perdachi udarov myacha golovoy yunix futbolistov. Kurbanov O.A. Uchebnoe posobie.2007 g, Sovershenstvov takticheskix deystviy futbolistov visokoy kvalifikatsii. Nurimov R.I. Uchebnoe posobie.2000 g.,

Texniko-takticheskaya i fizicheskaya podgotovka kvalifisirovannix futbolistov . Nurimov R.I. Uchebnoe posobie.2001 g., Sovershenstvovanie Uchebno-trenirovochnogo prosessa futbolistov. Nurimov R.I. Uchebnoe posobie.2001 g., S veroy isperenniy futbol. Akramov R.A. Uchebnoe posobie.2012 g.,Davletmuradov S.R. Tayyorgarlik  davrida malakali futbolchilarni mashg`uloti. Uslubiy tavsiyanoma Toshkent 2013y., Kuryazov R. 11-12 yoshli futbolchilarning jimoniy va taxnik tayyorgarligi. Uslubiy qo`llanma Toshkent. 2013y., Bekturov O.Yo. Yosh futbolchilarning nazariy bilimlarni oshirish.o`quv uslubiy qo`llanma.Toshkent. 2013y., Artikov A.A.  Futbolchilarning pressing taktikasini taxlili. O`quv uslubiy qo`llanma.Toshkent. 2013y.

 

MAGISTRATURA XAYOTIDAN

 

Futbol nazariyasi va uslubiyati  kafedrasida 8 xaftalik malakaviy amaliyotni o`tashadi. Amaliyotning barinchi xaftasida biz Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o`qituvchilari bilan yakindan tanishib va aloqa o`rnatishadi. Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri R.I.Nurimov amaliyotchilarga kafedraning muxassisligi yo`nalishida tahsil oladigan guruxlar bilan biriktirish ishlari olib boradi. Malakaviy amaliyot davomida Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasining professor va katta o`qituvchilarining darslarini kuzatish va darsni kanday olib borish kerakligini o`rganishadi. Undan tashkari biz malakaviy amaliyot davomida Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasining yig`ilishlarida, murabbiylik soatlarida, biriktirilgan guruxlarga magistirlik dissertasiya mavzusi bo`yicha seminar darslarini o`tkazishadi. Biriktirilgan guruxlarda konspektlar yozgan xolda amaliy dars o`tish, bitiruvchi guruxlarning malakaviy bitiruv ishlariga taqrizlar yozib o`z faoliyatlarini mustaxkamlab borishadi.

 

TALABALAR  HAYOTIDAN

Kafedra professor-o`qituvchilari ilmiy faoliyatlari davomida iqtidorli talabalar bilan birgalikda ish olib borgan xolda, ilmiy maqolalar va tezislar ishlab chiqishdi. Bu kabi ishlar institut miqyosidagi konferensiya maqolalar to`plamida chop etirilib kelmoqda.

Kafedra professor-o`qituvchilari yil davomida uchinchi va to`rtinchi bosqich talabalarning malakaviy bitiruv ishlariga raxbarlik qilish faoliyatini olib borishadi. Rejaga muofiq ilmiy raxbarlar tegishli talabalar bilan birgalikda ilmiy faoliyatlarni amalga oshirishadi.

                                                                                                             

Iqtidorli talabalar bilan amalga oshirilgan ishlar

Yil davomida guruxlarda iqtidorli talabalarni tanlab olish, ularga tegishli yo`nalishlarda mavzularni aniqlash va ularga amaliy ko`rsatmalar berilib kelinmoqda. Reja bo`yicha talabalar ilmiy jamiyati to`garagiga a'zo talabalar bilan birgalikda, xar oyda ilmiy mavzular bo`yicha qilingan ishlar to`g`risida yig




Ishonch telefoni
+99871 268-93-61
Soat 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron qabulxona
MOODLE
Elektron jurnal
Bimm.uz
Foydali manbalar